Baxt yetkazish. Milliard dollarlik internet do'koni tarixi
“Zappos” onlayn savdo kompaniyasini o‘zining korporativ madaniyati, qadriyatlari bilan noyob kompaniyalardan biri sanaladi, ayni shu xususiyatlari tufayli u yuqori sur’atda o‘sdi. “Zappos” “Fortune” jurnalining 2009 yilda e’lon qilgan “Ishlash uchun eng yaxshi kompaniyalar” ro‘yxatidagi debyutini yuqori reyting bilan boshladi. Xuddi shu yili uni «Amazon” 1,2 milliard dollardan ortiqqa sotib oldi.
34
O'qimoqchi
0
o'qiyapti
3
o'qigan
0
Taqriz
“Baxt ulashish” kitobida “Zappos” Bosh ijrochi direktori va asoschilaridan biri Toni Shey o‘zining biznesdagi faoliyatini qanday qilib chuvalchang fermasidan boshlab, pissa biznesi, «LinkExchange» va “Zappos”gacha olib kelgani bu borada orttirgan tajribasini o‘quvchilar bilan o‘rtoqlashadi. Bir nafasda o‘qib chiqiladigan ushbu kitob korporativ madaniyat muvaffaqiyat kaliti ekanligi, atrofingizdagi insonlarga baxt ulashish orqali yanada baxtliroq bo‘lishingiz mumkinligini ko‘rsatadi. Kitob “New York Times” hamda “Wall Street Journal”ning bestseller asarlar ro‘yxatidan joy olgan.
Kitob nomi: | Baxt yetkazish. Milliard dollarlik internet do'koni tarixi |
---|---|
Kitobning asl nomi: | Delivering happiness |
Nashr qilingan til: | O'zbekcha |
Kitobning asl tili: | Ingliz |
Formati: | Qattiq / 298 |
ISBN: | 978-9943-23-168-9 |
Nashr yili: | 2020 |
Nashriyotchi: | Nihol nashr |
Seriya: | 0 |
Yosh chegarasi: | 16 dan 70 gacha |