Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Kakku uyasi uzra parvoz

«Kakku uyasi uzra parvoz» romani muallifi amerikalik yozuvchi Ken Kizi bo'lib, asar  ilk bora 1962 yilda nashr etilgan. Va , asar nashr etilishi bilan jamoatchilikni xuddi atom bombasi portlashidek keskin larzaga sola oldi va o'ziga jalb qila oldi. Rus tilidan ushbu asarni o'zbek tiliga Hasan Teshaboyev tarjima qilgan. Kitobxon asarni o‘qish mobaynida, «kakku uyasi» deganda, ruhiy kasalliklar shifoxonasini, yanyam aniqroq va tushunarliroq aytadigan bo'lsak, jinnixonani, “kakku” deganda esa Katta hamshirani tushunadi. Ammo Retched xonim polaponlarini uchirma qilib, erkinlikka qo‘yib yuborish orqali «muammodan xalos bo‘lish» niyatida emas.

2 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
0 o'qigan
 
0 Taqriz
Ushbu asar haqida yana qo'shimcha qiladigan bo'lsak, Ona kakku toqat qilib bo‘lmas darajada itoatsiz va isyonkor, parvozga hamisha shay turgan polaponining erk istab urayotgan yurak zarbalariga go‘yoki parvo qilmaydi, uzoq yillar davomida o‘rnatgan qattiq tartibni shafqatsizlarcha buzayotgan, boshqalarni ham o‘z ortidan ergashtirayotgan bemoridan shafqatsizlarcha o‘ch olish fursatini poylaydi. Va o‘sha kun ham yetib keladi. Parvozning oqibatlari bir insonning hurligiga, ozodligiga, orzulariga, umuman, butun boshli hayotiga yakun yasaydi.Makmyorfini o‘lim evaziga ozod bo‘ldi, deb aytish mumkinmi? Yo‘q. U maʼlum bir cheklangan makonni, o‘zining erkinligiga xalaqit qiluvchi, uni bo‘g‘ib turgan tartibni tark etdi, lekin qalban u hamisha erkin edi.Erksizlikdan ham erk topa olish esa chinakam matonat.
Kitob nomi: Kakku uyasi uzra parvoz
Kitobning asl nomi: One Flew Over the Cuckoo's Nest
Nashr qilingan til: O'zbek
Kitobning asl tili: Ingliz
Formati: A5
ISBN: 978-9943-7391-4-7
Nashr yili: 2022
Nashriyotchi: Zabarjad media
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 7 dan 70 gacha

Taqrizlar

Hozirda ushbu kitobda taqrizlar mavjud emas.
Taqriz yozish



Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish



Janr bo'yicha boshqa kitoblar