Jamila
Chingiz Aytmatov '' Jamila'' asari insonni ulugʻlanishi, uning zahmatkashligi, yaratuvchanligini sharaflanishi bilan eʼtiborni tortadi. Asosiy qahramonlari oddiy odamlar bo'lib, ular: Jamila, Doniyor, Tanaboy, Bola, Moʻmin chol va boshqalar. Chingiz Aytmatov shu odamlarning turmush tarzini, hayotini koʻrsatib, umuminsoniy, maʼnaviy-axloqiy qadriyatlar toʻgʻrisida soʻz yuritadi.
Kitob nomi: | Jamila |
---|---|
Kitobning asl nomi: | Jamila |
Nashr qilingan til: | O'zbek |
Kitobning asl tili: | Qirg'iz |
Formati: | A5 |
ISBN: | 978-9943-5319-9-4 |
Nashr yili: | 2019 |
Nashriyotchi: | Yoshlar |
Seriya: | 0 |
Yosh chegarasi: | 10 dan 70 gacha |
Taqrizlar
-
4-mart 2023 y. 17:41
253
1950-60-yillarda Moskvada "Новый мир" — eng obro'li va eski adabiy jurnallardan biri hisoblanardi. Bu jurnalda Sholoxov, Pasternak, Soljenitsin va Hamzatov kabi adabiyot darg'alarining eng yaxshi asarlari chop etilardi. 1958-yilda tahririyatga hali endi 30 yoshga to'lgan qirg'iz yozuvchisining qissasi kelib tushadi. O'sha paytdagi bosh muharrir Aleksandr Tvardovskiyga qissa juda manzur bo'ladi va uni "Jamila" deya nomlab, bosib chiqaradi. Majoziy aytganda, shu bilan ertaga tongda Chingiz Aytmatov endi mashhur sifatida uyqudan uyg'onadi.
Uning asari nafaqat SSSRda, balki undan tashqarida ham keng sur'atlarda bosilib chiqa boshlaydi. Lekin avvalboshida uni rus yozuvchisi deya hisoblashardi, sababi chet elliklarning SSSR xalqlari borasida bilimlari yetarli emasdi, biroq …