-
7-may 2023 y. 17:14
251
1. Agar biror ishni 21 kun ketma-ket bajarsangiz, sizda bu narsalarni odat qilib olish uchun ajoyib imkoniyat paydo bo'ladi. Maqsadda o'jar bo'lishlik va davomiylikda ulkan kuch yashirin. Biror yomon odatdan halos bo'lishni istasangiz, shaxsiy intizomdan foydalanib, o'rniga boshqa narsani, masalan har kunlik toza havoda sayrni tashkil qiling. Chekishni tashlamoqchimisiz, marhamat, 21 kun chidab bering.
2. Hayotda muvaffaqiyat qozongan barcha shaxslar faoldirlar. Ular har bir omadsizlik va mag'lubiyatlarni dars sifatida, xatolarni esa o'sish, takomillashishni ta'minlovchi eng maqbul imkoniyat sifatida qabul qilishgan. Ularning barchalari shuni anglab yetganlarki, og'riq va alam beqiyos muallimdir. Shuningdek hayotda salbiy hodisalar mavjud emas, faqatgina, kezi kelsa taraqqiy topish uchun tramplin vazifasida qo'llash mumkin bo'lgan darslar va tajribalargina mavjud.
3. Telefonda javob qaytarganingizda ovozingizda shavq bilan gapiring va darrov suhbatdoshingizga bo'lgan hurmatingizni namoyon qiling. Yaxshi xulq juda muhim. Telefon orqali o'zingizga bo'lgan ishonch ham kuzatilishini istasangiz, o'rningizdan turib olib gaplashing. Bu ovozingizga yanayam ko'proq kuch va ishonch bag'ishlaydi.
Izohlar 0