Ulug'bek xazinasi
Ushbu asar, ya'ni " Ulug'bek xazinasi"asari iste'dodli, o'zbek yozuvchisi Odil Yoqubov qalamiga mansub bo'lib roman janrida yozilgan. Asar mazmuni haqida qisqacha aytadigan bo'lsak, unda temuriy hukmdor , olim hissoblanmish Mirzo Ulug'bekning shaxsiy hayoti va fojiaviy qismati juda chiroyli va tushunarli tarzda yoritilgan. Asar Odil Yoqubovning eng sara asarlaridan biri hissoblanib, hamda oʻzbek adabiyotidagi eng muhim romanlarning biri hisoblanadi.
Kitob nomi: | Ulug'bek xazinasi |
---|---|
Kitobning asl nomi: | Ulug'bek xazinasi |
Nashr qilingan til: | O'zbek |
Kitobning asl tili: | O'zbek |
Formati: | A5 |
ISBN: | 978-9943-5524-2-5 |
Nashr yili: | 2019 |
Nashriyotchi: | Ilm-Ziyo-Zakovat |
Seriya: | 0 |
Yosh chegarasi: | 7 dan 70 gacha |
Taqrizlar
-
7-may 2023 y. 17:08
453
Bu asarni o'qiyotganda o'sha zamonga tushib qolgandek his qildim o'zimni. Pirimqul Qodirov "Yulduzli tunlar" va "Humoyun va Akbar" bilan Zahiddin Muhammad Bobur ajdodimizni yoritib bergan bo'lsalar, Oybek domla "Navoiy" asarlari orqali Hazrati Mir Alisher Navoiy hayotlarini biz yosh avlodga yozib ketdilar. Ulug'bek bobomizni qisman bo'lsada hayotlarini Odil Yoqubov yoritib, yozib ketdilar. Yozuvchilarimizni rahmatiga olgan bo'lsin.
Yuqoridagi ismi zikr qilingan bobolarimiz hammalari ilmga haris bo'lganlari va ilm ahllarini doim hurmatlarini joyiga qo'yganlarini ko'rishimiz mumkin. Biz mana shu ajdodlarimizdan ibrat olishimiz kerak.
"Ulug'bek xazinasi" asarida ham Ulug'bekning shogirti Ali Qushchining ustoziga hurmati va sodiqligini ko'rish mumkin. Mansab oshib borgan sari oldida hiyonatchilarni …