Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Sudxo'rning o'limi

1939-yilda yozilgan  Sadriddin Ayniyning "Sudxo'rning o'limi" asari birinchi tojik romani hisoblanadi. Asar orqali kitobxon har xil obrazlarga guvoh bo'lishlari mumkin: sudxo'rlar, kambag'al dehqonlar, madrasa mullavachchalari, savdo-sotiq qiluvchi savdogarlar va boshqalar. Asarni o'qib  bu obrazlar balki to'qimadir, odam shunchalik ham insofsiz, vijdonsiz bo'ladimi deb o'yga tolasiz. Balki barchasi hayottan olingandir, haqiqatdir bu obrazlar ham deysiz. "Sudxo'rning o'limi"asar qahramoni Qori Ishkamba bo'lib, u  o'z manfaatini hamma narsadan ustun qo'yadi. Asarni o'qish mobaynida  Qori Ishkambadan nafratlanasiz, yomon ko'rasiz, xatto qarg'ashingiz ham mumkin, lekin asar  so'nggida esa xatto unga rahmingiz ham keladi. U faqat qorni uchun yashaydiganlar toifasidan, hammadan shubhalanadi, hech kimga ishonmaydigan odam. Faqat Qori Ishkambadan emas barcha sudxo'rlardan nafratlanasiz, ular shu darajaga yetganki boylik orttirish uchun oddiy xalqni talaydi, turli xiylalar bilan ularni mol-mulklarini, uy-joylarini tortib oladilar. 

0 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
0 o'qigan
 
0 Taqriz
Ushbu asarni o'qir ekansiz Sadriddin Ayniyning qalami òtkir yozuvchi ekanligini hayotiy yohud hayotiyga òxshash asarlar yozganligini ko'rasiz. Sadriddin Ayniyni aynan shu asari orqali juda yaqindan tanib olasiz. Roman juda katta tarbiyaviy ahamiyat kasb etar ekan asardagi qahramon Qori Ishkamba bòlib asl nomi esa Ismat qori edi. Bu odam òta bir sòz bilan aytganda xudbin odam obrazidagi qahramon timsolida kòrishingiz mumkin. Uning asli kasbi sudxòrlik bòlib xotinlari tikgan dòppilarni sotib eski hujralarini ijaraga berar edi. U o'ta  xasis inson edi asarni òqiyotgan kitobxon ham ajablansa kerak chunki bu obraz ham kulgili ham òta achinarli oddiy toģri odamlarni ya'ni dehqonlarni mehnat qilib topgan hosilini òzlashtirib oladi bor yoģi 1tiyin yordam sòragan pulini 4 barobar qilib oladigan inson qiyofasida tasvirlangan .  
Kitob nomi: Sudxo'rning o'limi
Kitobning asl nomi: Sudxo'rning o'limi
Nashr qilingan til: O'zbek
Kitobning asl tili: O'zbek
Formati: A5
ISBN: 978-9943-5319-7-0
Nashr yili: 2018
Nashriyotchi: Yoshlar
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 7 dan 70 gacha

Taqrizlar

Hozirda ushbu kitobda taqrizlar mavjud emas.
Taqriz yozish



Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish



Janr bo'yicha boshqa kitoblar