Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari
Sadriddin Ayniy

Tug'ilgan sanasi: 15 - aprel, 1878 Vafot etgan sanasi: 15 - iyul, 1954 Davlati: Tojikiston


XX asr oʻzbek va tojik adabiyoti taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan atoqli adib, olim va jamoat arbobi Sadriddin Saidmurodzoda Ayniy 1878 yilning 15 aprelida Buxoro viloyati, Gʻijduvon tumanidagi Soktare qishlogʻida dunyoga kelgan. Olti yoshidan maktabga qatnay boshlagan Sadriddin 1890 yilda Buxoroga kelib Mir Arab, Badalbek, Olimxon, Hoji Zohid, Koʻkaldosh madrasalarida tahsil oladi. yangi usul maktablarida muallimlik qiladi. Buxorolik ulkan maʼrifatparvar Ahmad Donish hamda koʻplab maʼrifatparvarlar asarlari uning dunyoqarashiga sezilarli taʼsir koʻrsatadi. Madrasa tahsili tugagach, Ayniy Buxoroda yangi usuldagi maktablar ochadi, ular uchun oʻquv qoʻllanmalar, xalqni ilm-maʼrifatga chaqiruvchi sheʼr va hikoyalardan iborat “Tahsib us-siyobon” – “Yoshlar tarbiyasi” (1909) darsligini tuzadi. “Yosh buxoroliklar” harakatida faol qatnashadi. Sadriddin Ayniy zullisonayn ijodkor boʻlib oktyabr toʻntarishidan keyin oʻzbek va tojik tillarida daʼvatkor sheʼrlar, marshlar yaratadi, ularni “Inqilob uchqunlari” (1923) toʻplamida nashr etadi.

Yozuvchi kitoblari