Boshsiz chavandoz
Tomas Mayn Ridning o'ziga xos asarlaridan yana biri bu "Boshsiz chavandoz" romanidir. Asar 1865- yilda yozilgan. Asarni o’zbek tiliga esa, Sulton Muhammadjonov tarjima qilgan. Voqelar 1850- yillarda bo’lib o’tadi. Plantatorlardan bo’lgan Poyndeksterlar oilasi Texasning Kasa del Korvo deb nomlangan, asosan chavandozlar yashovchi hududiga ko’chib kelishadi. Voqealar aynan shundan boshlanadi. Romanning bosh g’oyasi ko’z bilan ko’rgan narsangizga ko’r- ko’rona ishonish emas, balki uni aql bilan taxlil qilish kerakligini kitobxonga tushuntirishdan iborat. Shu sababli ham roman, boshsiz chavandoz deb nomlangan. Genrining boshsiz tanasini topishdan ko’ra, uni ko’z bilan ko’rib turgan boshsiz chavandoz deb nomlash, inson hayotini tubdan o’zgartirib yuborishi mumkin bo’lgan voqeaga sabab bo’lishi mumkinligini yozuvchi tushuntirmoqchi bo’ladi.
Kitob nomi: | Boshsiz chavandoz |
---|---|
Kitobning asl nomi: | The Headless Horseman |
Nashr qilingan til: | O'zbek |
Kitobning asl tili: | Ingliz |
Formati: | A5 |
ISBN: | 978-9943-27-784-7 |
Nashr yili: | 2017 |
Nashriyotchi: | Yangi asr avlodi |
Seriya: | 0 |
Yosh chegarasi: | 7 dan 70 gacha |