Boburnoma
Zahiriddin Muhammad Bobur qalamiga mansub "Boburnoma"asari oʻzbek adabiyotidagi dastlabki nasriy memuar va tarixiy-ilmiy asardir. Asar eski oʻzbek ya'ni chigʻatoy tilida yozilgan va taxminan 1518/1519-yildan 1530-yilda yozib tugatilgan. "Boburiya", "Voqeoti Bobur", "Voqeanoma", "Tuzuki Boburiy", "Tabaqoti Boburiy", "Tavorixi Boburiy" kabi nomlari ham mavjud. Boburning oʻzi esa "Vaqoye" va "Tarix" degan nomlarni ishlatgan. Bobuburnomada 1494—1529-yillarda Markaziy Osiyo, Afgʻoniston va Hindistonda sodir boʻlgan tarixiy-siyosiy voqealar yilma-yil oʻta aniqlik bilan bayon qilingan va ular muallif hayoti va siyosiy faoliyati bilan bevosita bogʻliqdir.
| Kitob nomi: | Boburnoma |
|---|---|
| Kitobning asl nomi: | Boburnoma |
| Nashr qilingan til: | O'zbek |
| Kitobning asl tili: | Eski o'zbek(chig'atoy) |
| Formati: | A5 |
| ISBN: | 978-9943-5544-4-3 |
| Nashr yili: | 2019 |
| Nashriyotchi: | Yangi Kitob |
| Seriya: | 0 |
| Yosh chegarasi: | 7 dan 70 gacha |






