Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari
Shuhrat

Tug'ilgan sanasi: 19 - aprel, 1918 Vafot etgan sanasi: 20 - iyun, 1993 Davlati: O'zbekiston

Shuhrat asl ism familyasi Gʻulom Alimov 1918-yil 19-aprelda Toshkentning Hazrati Imom ya'ni Hastimom mahallasida tugʻildi. Adib eski va yangi maktablarda tahsil olgach, transport texnikumida oʻqidi. Bu yerda Yunus Latif taʼsirida sheʼrlar yoza boshladi. Soʻng Toshkent Davlat pedagogika institutida tahsil oldi. Shuhrat ijodini 1935 yilda sheʼr yozish bilan boshlagan. Uning “Orzu va qalb” dostoni hamda “Mehrol” ertak-dostoni 1940 yilda bosilgan. Shu yili harbiy xizmatga chaqirilgan Shuhrat Ikkinchi jahon urushi janglarida ofitser sifatida xizmat qiladi. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Shuhratning koʻpgina asarlari xorijiy tillarga tarjima qilingan. Shuhrat vafotidan keyin “El-yurt hurmati”, “Buyuk xizmatlari uchun” ordenlari bilan mukofotlandi.


 

Yozuvchi kitoblari