Аjib yangi dunyo
Ingliz yozuvchisi Oldos Xakslining “Ajib yangi dunyo” asari jahon klassikasining shedevri hissoblanib , u eng mashhur uch antiutopik asarlarning biridir. Asar 1931 yilda yozilib, 1932 yilda nashr etilgan, ijtimoiy-fantastik roman hissoblanadi.“Ajib yangi dunyo”asarida reproduktiv texnologiyalar, uyqudagi taʼlim, ruhiyatga taʼsir va shartli reflekslarni shakllantirish sohalaridagi ulkan yutuqlar yordamida antiutopik jamiyat yaratiladi.
2
O'qimoqchi
0
o'qiyapti
0
o'qigan
0
Taqriz
“Ajib yangi dunyo” asari dunyoni yagona hukumat boshqaradigan uzoq kelajak haqida hikoya qiladigan asar bo'lib,unda Oldos Haksli iste’mol dunyosiga sig‘inishni ko‘rsatib beradi, hattoki, inson tovar sifatida ishlatiladi. Yangi dunyoni Xaksli 5 ta kastaga bo‘lgan: alfa, betta, gamma, delta va epsilon. Din, oila institutlari, odamlarning atrofni tushunishga bo‘lgan istagi butunlay bekor qilinadi. Insonning fikrlashga haqqi yo‘q. Har bir kasta vakili embrion bosqichidan boshlab standartlashtirilgan ssenariy asosida rivojlanadi va o‘ziga kerakli bo‘lgan bilimlarnigina o‘zlashtiradi. “Ajib yangi dunyo” asarida ikkita asosiy qahramon mavjud: Bernard Marks — o‘ziga ishonch umuman bo'lmagan, alfa ya'ni omadsiz yigit, ikkinchisi esa hindular rezervatsiyasida ulg‘aygan Yovvoyi.
Kitob nomi: | Аjib yangi dunyo |
---|---|
Kitobning asl nomi: | Brave new world |
Nashr qilingan til: | O'zbek |
Kitobning asl tili: | Ingliz |
Formati: | A5 |
ISBN: | 978-9943-23-192-4 |
Nashr yili: | 2021 |
Nashriyotchi: | Nihol nashr |
Seriya: | 0 |
Yosh chegarasi: | 6 dan 70 gacha |