Taqrizlar Barchasi 2
-
7-may 2023 y. 17:02
224
1. Maqsadga erishish oniy hodisa, xolos.
Tasavvur qiling, xonaningiz yoyilib yotibdi va siz uni tartibga keltirishni maqsad qildingiz. Agar o'zingizda yetarlicha g'ayrat topa olsangiz, uni tartibga keltirasiz va xona vaqtinchalik saramjon bo'lib turadi. Biroq xonaning bu ahvolga kelishiga sabab bo'lgan betartib odatlaringizdan voz kechmasangiz, u yana avvalgi holatga qaytadi va yangi g'ayrat oqimi kelmaguncha yana o'tiraverasiz. Tizim o'zgarmagani tufayli bir maqsadning ortidan qayta va qayta quvib yuraverasiz. Kasallikning sababi bir yoqda qolib, faqat uning belgilari bilan kurashaveramiz.
Maqsadga erishish hayotimiz faqat qisqa muddatgagina o'zgartiradi. Bu esa doimiy yaxshilanib borish tamoyiliga mos kelmaydi. Ko'pchilik natijalarni o'zgartirish kerak, deb hisoblaydi. Aslida esa …
-
7-may 2023 y. 16:59
264
Kitobdan iqtibos keltirish yoki xulosa yozishdan oldin kitobning mavzusi haqida yozishni yaxshi ko'raman. Ozgina izlanib ko'rsam "Atom odatlar" kitobi haqida ko'p xulosa va fikrlar berilgan ekan. Ayniqsa iqtiboslar ko'p keltirilib amalda ham qo'llab kelayotgan ekanmiz. Shunchaki ushbu kitobdan ekanligini bilmagan ekanmiz. Kamina xodimingiz kitob o'qishda hamma aytib o'tgan fikrlarga ko'p to'xtalishni xohlamayman. Sababi o'sha fikrlarni ko'p eshitgan yoki amalda allaqachon qo'llayotgan bo'laman.
Yuqoridagi kitobda kelgan fikrlarni ko'pini Payg'ambarimiz alayhissalom sunnatlarida ko'rdim. Hadis va uning sharhlari bilan yaxshilab tanishib chiqqan odam buni darrovda his qiladi. Mana birini keltiraman:
Kitobda: Bir marta odatni o'tkazib yuborish bu kutilmagan hodisa, ikki marta o'tkazib yuborish …