-
Ba'zilar olisdan sevarlar
Men bilan sira qiziqmaydigan hayotda nafas oldim. Men bilan umuman qiziqmaydigan manzillarda go'yo yonimda birov bordek yurdim.
U uchun kuylar tanladim. Qo'llarini tutdim. Albatta, baxt haqida gapirishni ham juda istardim. Ammo menga o'xshaganlar, ya'ni dard chekayotganligiga hech kimni ishontira olmaganlar, baxtga olib boradigan yo'lni yoddan chiqarishadi. Chunki meni tik tutgan, oyoqarim ostidagi toshni bilib turib, hayotimdan tortib olishdi. O'zimning ustimga quladim. Shuncha muddat unimni chiqarmaganimdan barcha ovozlar ichimda yig'ildi.
Endi men hatto shamolning uvillashiga ham havas qilaman...
-
Shukronalik mo'jizalari
Shukronalik- inson ziynati. Bugungi tinchlik-osoyishtalik, erkin va faravon hayotga shukrona keltirish, uning qadriga yetish xayru barakani yanada ziyoda qiladi. Ushbu kitob sizga ayni yaratganning bergan ne’matlariga shukrona keltirishni o‘rgatadi. Shukrona keltirib, qalblari nurga to‘lgan ayollarning hikoyalarini eshitib, ko‘zingizdan yosh chiqadi, ich-ichdan to‘lqinlanasiz, tilingizdan shukronalik tushmay qoladi. Eng muhimi, sizga tanish bo‘lgan psixolog, "Azizam" psixologik klubi rahbari Azizaxon Tashxodjayeva bilan qalban yaqinlikni his etasiz, uni xuddi oldingizda turgandek his etasiz. Kitob sizni shukronalikka o‘rgatar ekan, qalbingiz quvonchga, hayotingiz faravonlikka yuz tutadi.
-
Men. Bas qil, ey nafs!
Ba'zida yozishdan boshqa chora yo'qdek tuyuladi. Yozishdan boshqa malham yo'q deysan-u, yana yozaverasan. Bir chekkada yashirincha ko'z yosh to'kkan odamdek yana qo'lingga qalam olasan. Bu gal qalbim bir ajib hayol ortidan ketdi. Mushkul ishni orzu qildim, qiyin narsani yozishga niyat bog'ladim.
-
Atom odatlar
Atom odatlar- aniq maqsadga oʻzingizni oldindan qanday tayyorlash haqidagi sinalgan yoʻriqnoma.
Agar oʻrgangan feʼl-atvoringizni oʻzgartirish qiyin kechsa, muammo oʻzingizda emas, balki tutgan yoʻrigʻingizda. Yomon odatlar ularni oʻzgartirishni istamaganingiz uchun emas, balki notoʻgʻri oʻzgarishlarga amal qilayotganingiz uchun ham yoʻqolmaydi.
-
Zukkolar va landavurlar. Muvaffaqiyat kaliti
Bu foniy dunyo hayotini adolatli deb bo‘lmaydi. Negaki, unda pul, hokimiyat, shon-shuhrat va omad odamlarning barchasiga teng taqsimlangan emas. Nega ayrim odamlarning hamma narsasi bor, boshqalarda esa hech vaqo yo‘q? Omadning sabablarini faqat insonning tabiat in’om etgan shaxsiy fazilatlari bilan bog‘lash to‘g‘rimikin?
-
To'siqlarga qaramay sevdik
"To‘siqlarga qaramay sevdik” yozuvchining eng talabgor va eng ko‘p adadda chop etilgan kitoblaridan sanaladi. Turk tilidan Nodirabegim Jamshid qizi tarjimasi.
-
Mamlakatlar tanazzuli sabablari: qudrat, farovonlik va kambag'allik manbalari
Nega ayrim mamlakatlar farovonroq yashaydi? “Mamlakatlar tanazzuli sabablari” mualliflari ushbu savolga ishonchli va izchil asoslangan yangi nazariya bilan javob berishga bel bog‘lagan: farovonlik sababi iqlim, geografiya yoki madaniyat emas, balki mamlakatdagi institutlardir.
-
Do'st orttirish va odamlarga ta'sir o'tkazish
Deyl Karnegi jamiyatdagi munosabatlarning nozik jihatlariga alohida e’tibor qaratadi. Insonlarning o‘zaro muomala madaniyat o‘zni tutish, mulozamat, boshqalarni hurmat qilish, ishlarini yuqori baholash orqali obro‘-e’tibor topish mumkinligini ta’kidlaydi. Shuningdek, o‘z-o‘ziga ishonch hosil qilish va omma oldida so‘zlashning turli yo‘llarini ochib beradi. Tinglovchini qiziqtirish, yaxshi ma’ruza o‘qish, xotirani mustahkamlash va boshqa mavzularda ham qimmatli maslahatlarni tavsiya etadi. Bezovtalikning omillari, yechimi barobarida turfa insonlar hayotidagi turli holatlar, Karnegi an’anasiga ko‘ra, misollar tariqasida keltiriladi.
-
Savdogarlar ustozi yoxud haqiqiy omad kaliti.
Ushbu risolada Imom A’zamning shogirdi Abdulloh ibn Muborakning tijorat bilan bog‘liq faoliyatib halolligi, taqvosi va o‘gitlari yoritib berilgan. Risolani o‘qigan har bir kitobxon Abdulloh timsolida savdo-sotiq ishlarida rostgo‘y va diyonatli bir kishining siymosi bilan yuzlashadi hamda o‘ziga tegishli xulosa chiqaradi degan umiddamiz.
Risolada quyidagi jihatlarga jiddiy e’tibor qaratilgan:
- Savdoda halol bo‘lmoq;
- o‘z vaqtida sotilgan molni qaytarib berish yoki qaytarib olishni bilish;
- birovning molini zo‘ravonlik bilan tortib olish;
- agar molga xarom aralashgan bo‘lsa, uning chorasini ko‘rish;
- savdoda yolg‘on qasam ichishdan ehtiyot bo‘lish kerak;
- nimani sotish joyizu, nimani sotish xarom ekanini bilmoq lozim;
- ribo(sudxo‘rlik)dan saqlanish lozim;
- tarozidan urib qolishdan ehtiyot bo‘lish;
- "najsh" qilmaslik - tovar(mahsulot)ning bahosini sun’iy ko‘tarish.
-
Halqa
“Halqa” qissasidagi voqealar oxirgi yuz yillikda bo‘lib o‘tadi. Qahramonlar qismati sizni goh Malayziya, goh Hind ummoni, goh Hind o‘lkasi, Afg‘on sahrolari, qadim Turkiston zamini, Bolqon yarimoroli va Uyg‘ur diyorlariga yetaklaydi. Iymon va kufr, mo‘min va shayton orasidagi kurash, zolimning halokati, mazlumning saodati haqida hikoya qiladi.
-
Stiv Jobs
Uolter Ayzeksonning «Stiv Jobs» asari ilk marotaba o‘zbek tilida chop etildi. Zamonaviy dunyoning eng yirik biznesmenlaridan biri, innovator, Apple kompaniyasining asoschisi Stiv Jobsning muvaffaqiyat tarixi haqida yozilgan ushbu kitob bir necha yil davomida jahon darajasidagi bestsellerga aylanib ulgurdi.
- AHADquli Xolmuhammad
- Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Yunusov (Cho'lpon)
- Abdulla Avloniy
- Abdulla Oripov
- Abdulla Qodiriy
- Abduqayum Yo'ldoshev