Usta va Margarita
Mixail Bulgakovning «Usta va Margarita» asari durdona asarlar sirasiga kiradi. Chunki unda yovuzlik va ezgulik kurashi kabi abadiy mavzu boshqacha rakursda, boshqa kompozitsiyada yoritilgan. Asarni o‘qigan o‘quvchi mistika dunyosiga g‘arq bo‘lib, jamiyat va inson illatlariga o‘zgacha ko‘z bilan qaray boshlaydi. Bir qaraganda yorqin kaleydoskop kabi ko‘ringan voqealar shiddati, bir zumdan keyin barcha baxtsizligimiz, qusurlarimiz sababi o‘zimizda emasmikan, illatni avvalo o‘zimizdan qidirish lozimmikan, degan xotimaga kelishga majburlaydi. Lekin bu o‘zlikka qaytish o‘ziga xos ohangda, o‘xshashi yo‘q rangda namoyon bo‘la boshlaydi. Asar keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
Kitob nomi: | Usta va Margarita |
---|---|
Kitobning asl nomi: | The Master and Margarita |
Nashr qilingan til: | O'zbekcha |
Kitobning asl tili: | Ruscha |
Formati: | Qattiq/480 |
ISBN: | 978-9943-26-470-0 |
Nashr yili: | 2016 |
Nashriyotchi: | Sharq |
Seriya: | 0 |
Yosh chegarasi: | 20 dan 70 gacha |
Taqrizlar
-
20-may 2023 y. 21:13
158
Bu asar Geotining<<Faust>>,Dantening<<Ilohiy Kamediya>>,Gofman qisallarida tasirlanib yozilgan .Usta va Margarita Bulgakovning noyob va mashxur asarlaridan hisoblanadi.Yozuvchi bu asarni 20 asr boshlarida 1928-yil dan 1940-yilgacha yani yozuvchining vafotigacha yozilgan va 8 marta redaksiya qilingan.Bu roman birinchi bulib 1966 yil <<Maskiva>> jurnalining 11sonida,1967 yil esa 1sonida,yana naqshinkor va qayta ishlangan ko'rinishda tahrirlangan. Roman bugungi kungacha va bugungi kunda ham, chuqur baxs-munozaraga olib kelmoqda. Bulgakov bu roman nom quyishda juda chuqur o'yga botgan."Gastrol","O'gil","Qora afsun"deb nomlamoqchi bo'lgan.1937yil asarni qayta tuzush mobaynida <<Usta va Margarita>> nomiga to'hr taladi.Usta va Margarita bu noyob asarni o'ziga hos jihati shundan iboratki kup chilik adabiyot shinoslar, bu asar yuzasidan …
-
30-yanvar 2022 y. 12:59
344
Menimcha, taqrizimning nomi ushbu asarni ta'riflashga yetarli))
Agar siz sevgi-muhabbat haqidagi kitoblarni o'qiydigan o'smirlik yoshidagi romantik qizaloq yoki yigitcha bo'lsangiz "Usta va Margarita" siz uchun emas.
Bulgakovning ushbu shedevri bekorga jahon klassikasi sifatida tilga olinmaydi. Undagi har bir misra, har bir so'z mistika bilan to'yingan. Lekin hozir ushbu asarni ta'riflashni boshlay olmayman - chunki undan olgan taassurotlarni so'z bilan yetkazib berishga ojizman. Shunchaki uni o'zningiz o'qib ko'ring!
Ammo bir narsa - siz ushbu asarning bor go'zalligini his etmoqchi bo'lsangiz uni albatta rus tilida o'qing. Chunki "Usta va Margarita"ni o'zbek tilida o'qish huddi "O'tkan kunlar"ni rus tilida o'qishday gap - kitobning jozibasi yo'qoladi, …
-
31-oktabr 2021 y. 15:34
390
- "Sen kimsan?
- Men hamisha yomonlik tilab, yaxshilik qiluvchi kuchning bir qismi." (Faustdan)Bu kitobni Ikki marotaba o'qib chiqqanman. Biri yoshligimda, keyingisi esa yaqinda. Bu rus klassikasining eng maftunkor asarlaridan biri, shundanmi Bulgakovga mehrim o'zgacha. Qayta o'qib chiqishimga sabablardan biri, undagi teran ma'no, yetkizlishi kerak bo'lgan fikrlarni birdaniga anglab yetish mushkul. Ba'zilari yosh o'tishi bilan keladigan tajribaga bog'liqdir.
Bunda haqiqiy sevgi va nafrat, yaxshilik va yomonlik o'rtasidagi kurash haqida hikoya qilinadi. Tom ma'noda, g'oyaviy asar. Undagi barcha mayda-chuyda tafsilotlar ham odamni hayratda qoldiradi: Bulgakovning uslubi, yumor tuyg'usi, qahramonlarning ta'rifi, ular so'zlaydigan hikoyalari, boshidan kechirgan taqdirlari, din va Xudoga bo'lgan …