Uch og'ayni
«Uch og‘ayni» romani rus tilida birinchi marta chop etilishi bilanoq katta shov-shuvga sabab bo‘ldi, kitob ketma-ket millionlab nusxada nashr etildi.
2
O'qimoqchi
0
o'qiyapti
2
o'qigan
0
Taqriz
«Uch og‘ayni» romani rus tilida birinchi marta chop etilishi bilanoq katta shov-shuvga sabab bo‘ldi, kitob ketma-ket millionlab nusxada nashr etildi. Shunda ham talabni qondirib bo‘lmadi. Odamlar romanni bir-birlaridan so‘rab olib o‘qishga kirishdilar. Kutilmaganda rasmiy doiralar, kommunistik mafkura himoyachilarining paytavasiga qurt tushib qoldi. Ular Remarkni g‘oyasizlikda ayblab, uning ijodiga shiddat bilan tosh ota boshladilar. Hatto «remarkchilik» degan mash’um atama ham paydo bo‘ldi. Bu sharpa O‘zbekistonga ham yetib keldi. Ayrim tanqidchi va yozuvchilarimiz, bizga Remark asarlari kerak emas, bu asarlar kommunizm qurayotgan yoshlarimizni yo‘ldan ozdiradi, deb g‘avg‘o ko‘tara boshladilar. Shu tufayli uning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilishga hech kim jur’at etmadi. Oradan qirq yil vaqt o‘tdi. Mana, nihoyat, shu kunlarga ham yetib keldik. Tarixning qudratli va qaysar charxpalagi o‘z ishini qildi... Endi, sizga taqdim etilayotgan «Uch og‘ayni» romaniga kelsak, asar qahramonlari jamiyatda biror lavozim yoki nufuzga ega bo‘lmagan «mayda» odamlar. Ammo ularning ham faylasuf olimlar va nazariyotchilarnikiga o‘xshamaydigan o‘z falsafalari va o‘z mantiqlari bor. Qizig‘i shundaki, biz ularning fikr-mulohazalari yoki xatti-harakatlariga e’tiroz bildirolmaymiz, aksincha, asarni o‘qish jarayonida jamiyat chetga surib tashlagan bu oddiy odamlarga hurmatimiz ortib boradi.
Kitob nomi: | Uch og'ayni |
---|---|
Kitobning asl nomi: | Три товарища |
Nashr qilingan til: | O'zbekcha |
Kitobning asl tili: | Nemis timida |
Formati: | Qattiq / 512 |
ISBN: | 978-9943-20-589-5 |
Nashr yili: | 2019 |
Nashriyotchi: | Yangi asr avlodi |
Seriya: | 0 |
Yosh chegarasi: | 16 dan 70 gacha |