Oltin zanglamas
"Oltin zanglamas" asari Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Shuhrat tomonidan 1963-1965-yillarda yozilgan roman hissoblanadi va ilk marotaba 1967-yilda nashr etilgan. Oltin Zanglamas romanida urushdan oldingi va keyingi davrda mudhish qatagʻonlarga duchor etilgan halol, imon-eʼtiqodli kishilarning fojiali qismati badiiy tasvirlangan.
0
O'qimoqchi
0
o'qiyapti
0
o'qigan
0
Taqriz
"Oltin zanglamas" romani bilan muallif mamlakatimiz hayotida yuz bergan 30-yillar qatag‘oni qurbonlari hayotini qalamga oldi. "Oltin zanglamas" qahramoni bo'lgan Sodiq taqdiri haqiqatan ham romanga arzigulik bo'lib, yozuvchi Sodiqni hayotning g‘oyat sermashaqqat va murakkab yo‘llaridan olib o‘tadi, uning boshiga ko‘p og‘ir savdolar tushadi. Lekin Sodiq shunchaki jafokash bir kimsa emas, u hammadan burun kurashchan shaxs. Qahramon eng mushkul vaziyatlarda ham taqdirga tan berib qo‘ya qolmaydi. Aksincha, vijdoniga gard yuqtirmaydi, ezgu ideallarga sodiq qoladi, shu ideal yo‘lida mardlarcha kurash olib boradi. Ona-yurt o‘g‘lonining e’tiqodi – bu oltin, bu oltin etiqodning olijanobligi, metinligi, sinovlardan g‘olibona o‘tib tantana qilishi, ya’ni oltinning zanglamasligi bosh qahramon xarakterining hayot falsafasini, romanning asosiy pafosini tashkil qiladi.
Kitob nomi: | Oltin zanglamas |
---|---|
Kitobning asl nomi: | Oltin zanglamas |
Nashr qilingan til: | O'zbek |
Kitobning asl tili: | O'zbek |
Formati: | A5 |
ISBN: | 978-9943-6881-8-6 |
Nashr yili: | 2021 |
Nashriyotchi: | Zukko kitobxon |
Seriya: | 0 |
Yosh chegarasi: | 7 dan 70 gacha |