Odamlardan tinglab hikoya
Iste'dodli yozuvchi Xayriddin Sultonning “Odamlardan tinglab hikoya” to‘plamini mutolaa qilish mobaynida kitobxon asar maʼnaviy mulkimiz yokida bir umrlik hamrohimiz balkida, do‘stimiz, darddoshimizga aylanib qolganini yurakdan his etamiz. Muallif hassos shoir Hamid Olimjonning bizni bolalikning sirli, sehrli olamiga yetaklovchi, har birimizning qalbimizda iliq va qadrdon xotiralarni uyg‘otuvchi go‘zal satrini kitobga nom sifatida tanlab olgan.
0
O'qimoqchi
0
o'qiyapti
0
o'qigan
0
Taqriz
“Odamlardan tinglab hikoya” kitobxon birgina ushbu misraning o‘zida odamlar, uzoq yillardan buyon shirin diydoriga talpinib yashayotganimiz — boboyu buvilarimiz, ota-onamiz, do‘stu yaqinlarimiz haqida o‘ylashga undaydi. Ular bilan kechgan dilbar suhbatlar, qiziqdan-qiziq hangomalar, voqea-hodisalarni yodga soladi. Shu orqali ularning yorqin qiyofasi ko‘z oldimizda yana bir bor jonlanadi. Xayriddin Sultonning ushbu kitobini o‘qish asnosida ham ana shunday sog‘inchli hislar olamiga tushib qolamiz. Chunki to‘plamga kiritilgan hayotnomalarni muallif to‘qib chiqargan emas, u faqat do‘stu yaqinlaridan, zamondoshlaridan eshitgan voqea-hodisalarni, esdaliklarni, kechinmalarni qog‘ozga tushirgan, xolos.
Kitob nomi: | Odamlardan tinglab hikoya |
---|---|
Kitobning asl nomi: | Odamlardan tinglab hikoya |
Nashr qilingan til: | O'zbek |
Kitobning asl tili: | O'zbek |
Formati: | A5 |
ISBN: | 978-9943-6472-1-3 |
Nashr yili: | 2020 |
Nashriyotchi: | Adabiyot uchqunlari |
Seriya: | 0 |
Yosh chegarasi: | 7 dan 70 gacha |