Kafansiz ko'milganlar
Boshidan o‘tkazgan qiyinchiliklarini, to‘g‘rirog‘i, xo‘rliklarini eslash insonni yana bir karra og‘ir azobga ro‘baro‘ qiladi. Uni yozish esa... Qatag‘onlik davri tasviri, undan ham og‘iri o‘zining «xalq dushmani» deb ayblanishi haqida yozish, mahbusligini eslash, qamoq voqealari, lager hayoti, so‘zsizlik... Ushbu asar Shukrulloning avtobiografik qissasi bo‘lib, o‘quvchiga qatag‘on davri haqida tirik lavhalarni namoyish etadi. Shukrullo ham qatag‘onlik davrining ikkinchi to‘lqini jabrini chekkan, Sibirga badarg‘a etilgan o‘zbek ijodkorlaridan biri, sho‘ro hukumati lagerlarida og‘ir azob-uqubatlarni o‘z boshidan kechirgan jabrdiydalardan biri hamdir.
Kitob nomi: | Kafansiz ko'milganlar |
---|---|
Kitobning asl nomi: | Kafansiz ko'milganlar |
Nashr qilingan til: | O'zbekcha |
Kitobning asl tili: | O'zbekcha |
Formati: | Qattiq/192 |
ISBN: | 978-9943-08851-1 |
Nashr yili: | 2020 |
Nashriyotchi: | Yangi asr avlodi |
Seriya: | 0 |
Yosh chegarasi: | 16 dan 70 gacha |
Taqrizlar
-
19-dekabr 2022 y. 9:22
243
Alloh taolo hamma narsani juft-juft qilib yaratgan. Yaxshilik va yomonlik, nur va zulmat, issiq va sovuq, boy va kambag‘al, erkak va ayol… Sanab adog‘iga yetolmaysiz.
Tariximizga nazar solamiz. Bizni ustimizga bostirib kelganlar, ularning turli g‘oyalilari bizlarni qay ahvolga solishdi? Ularni maqsadi nima edi? Hamma teng bo‘lishi kerak deb insonlarning mol-mulkini talab nimaga erishishdi? Yoki bo‘lmasa erkak va ayol teng huquqli deb, ayollarni ham erkaklar qiladigan ishlarni qilishga majburlab, undan ayollik nazokatini olib “baxtli jamiyat” qura oldimi? Shaxsiy mulk yo‘q, faqat davlat mulki bo‘ladi deb rivojlana olishdimi? Bu insonning g‘oyalari bilan Xudoning yaratganiga qarshi chiqishmidi? Haqni aytganni dushmanga chiqarib, insonlarni yolg‘onlar …
Iqtiboslar
-
"Qassobdan chiqqan jalloddan olimdan chiqqan jallod xatarli. Chunki qassobdan chiqqan jallod ilmsiz, omi, u dovdir-sovdir ish qilishi mumkin. Ammo olimdan chiqqan jallodning qoʻlidan qutilish qiyin. Negaki, u aql bilan ish qiladi va oʻzining haqligiga uncha-muncha odamlarni ishontira oladi."
-
"O‘g‘rilik, bezorilikning dunyo bo‘yicha bizlardan bunchalik ko‘pligiga sabab balki dinning yo‘q qilingani yoki Xudodan qo‘rqmay, bandadan uyalmasligimi?"
-
"Mening dunyoyim bu — to‘rt tomoni tikonli sim bilan o‘ralgan devor, uvada kiyim, yemishim arpa-yu so‘k. Xayolimda birdan bir narsa xotin, bolalarim, erkinlik. Ammo ozodlikda yeb-ichib, to‘y-u tomoshalarda bezanib yurganlarning o‘y-xayollari-chi!.. Xonanda-yu sozandalarning dilni qitiqlovchi kuylari yangraganda nozu-ne’matlarga to‘la dasturxon atrofida o‘tirib, raqslarga tort-tort bo‘lib, qiyqiriq avjga chiqqanda, nahot bizlarni birov esga olsa!"