Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari
Shukrullo Yusupov

Tug'ilgan sanasi: 2 - sentabr, 1921 Vafot etgan sanasi: 19 - iyul, 2020 Davlati: O'zbekiston

Shukrullo (ismi va taxallusi; familiyasi Yusupov) (1921.2.9, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq shoiri (1981). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1977). Shukrullo Yusupov 1921-yil 2-sentyabrda Toshkentning Olmazor mahallasida ziyoli oilada tugʻildi. Otasi – Yusufhoʻja Mahmudhoʻja oʻgʻli shifokor boʻlgan. Onasi – Zaynabxon ham ilmli ayol boʻlgan. Shoir pedagogika bilim yurti (1935–1938) va Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1944), 1938-yil Qoraqalpogʻistonda, 1939–1945-yillarda Toshkentda oʻqituvchilik qilgan. Keyin Oʻzbekiston Yozuvchilari uyushmasida maslahatchi (1945–1949), Oʻzbekiston davlat nashriyotida muharrir (1945–51; 1955–65). 1951-yilda millatchilik va sovetlarga qarshi targʻibotda ayblanib, 25 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan, Stalin vafotidan keyin ozod etilgan (1955).

Yozuvchi kitoblari