Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Dengizga otilgan ayol

Ayollarning mahzun qismatiga ko‘pincha ularga yaqin erkaklar sababchi bo‘lib qoladi. Ba’zan bilib, ba’zan bilmay... Turk yozuvchisi O‘rxon Kamol qalamiga mansub – turmush o‘rtog‘ining qaltis qarori sabab umri xazon bo‘lgan bir ayol kechmishlari ifodalangan “Dengizga otilgan ayol”(El kizi) romani voqealari kitobxonning qalbini larzaga soladi. Oddiy tilda, tushunarli bayonda ifoda etilgan ushbu roman bir nafasda o‘qiladi. Mutolaaga kirishayotib, voqealar rivoji yosh va mas’uma kelin Nozan va e’tiborli advokat Mazharbeyning baxtli turmushi asosida qurilar ekan, deya fikr qilganingiz on bu oilaning fojiali tarixi boshlanadi. Eri tomonidan ko‘chaga haydalgan ayol balolarning turli ko‘yu ko‘chalarida sarson va sarosar kezadi. Asar mutolaasi o‘quvchi uchun qayg‘uli, biroq muhim va kerakli ham... Ona va bolaning juda-juda kech yuz bergan uchrashuvi, farzandi sha’nini asrab qolish uchun imkoni va ilkida bori – jonini fido qilgan baxtiqaro ona qismati dilingizni o‘rtamay qo‘ymaydi. Asarning oxirgi sahifasi ostidagi Tamom yezuviga ko‘zingiz tushar ekan, chuqur tin olasiz, bir ayolning toptalgan umri uchun alam va achinishga qorishiq hislarni tuyasiz, ko‘z yoshlaringiz bo‘g‘zingizni kuydiradi. Ayni damda tafakkur kilasiz... Va qiz bolaga o‘z sha’nini himoya qilish, haq-huquqlarini tanish, irodali bo‘lish darajasida ta’lim xamda tarbiya berish har bir davr uchun aktual masala bo‘lib qolajagiga amin bo‘lasiz.

10 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
2 o'qigan
 
0 Taqriz

Kitob nomi: Dengizga otilgan ayol
Kitobning asl nomi: Denize atilan kadin
Nashr qilingan til: O'zbekcha
Kitobning asl tili: Turkcha
Formati: Qattiq/384
ISBN: 978-9943-20-821-6
Nashr yili: 2021
Nashriyotchi: Yangi asr avlodi
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 16 dan 70 gacha

Taqrizlar

Hozirda ushbu kitobda taqrizlar mavjud emas.
Taqriz yozish

Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish

Janr bo'yicha boshqa kitoblar