Asar quyidagi satrlar ila boshlangan:Xorazmshoh Abu Abdulloning amakivachchasi Abu Nasr ibn Iroq ma’rifatparvar va donishmand odam edi. U yuksak martabali amaldorlar, a’yonlar bilan emas, ahli ilmu fozillar bilan suhbatlashishdan zavqlanar, insonning ziynati zardo‘zi chopon va tillo kamar emas, ilm-urfon, deb hisoblar edi.Odatda podshohlar taxt-toj to‘g‘risida xayol suradigan yaqin qarindosh-urug‘laridan qo‘rqadilar, ularni nazorat ostida saqlashga urinadilar. Abu Abdullo olim va fozil amakivachchasidan hadiksiramas, unga qimmatbaho sovg‘alar in’om qilib, ilm bilan shug‘ullanishga rag‘batlantirar edi.Abu Nasr noyob kitoblarni sotib olish uchun Bag‘dod, Shomga o‘z odamlarini yuborib turar, kitobxonasini qadimgi yunon faylasuflari, tabiatshunoslarining arab tiliga tarjima qilingan asarlari bilan to‘ldirishga urinar edi. Falsafa va yulduzlar olami bilan mashg‘ul bo‘lgan bu olim yerdagi ishlarini ham unutmas, Xorazmshoh uzoq o‘lkalardan kelgan elchilarni qabul qilganda zar yoqali kimxob choponini kiyib, beliga kumush kamar bog‘lab, taxt ustida mag‘rur o‘tirgan hukmdorning o‘ng tomonida qomatini tik tutib turar edi. Elchilar o‘rta bo‘yli, peshonasi keng, salobatli olimga hurmat bilan qarab qo‘yar edilar.
Kitob nomi: | Jayhun ustida bulutlar |
---|---|
Kitobning asl nomi: | Jayhun ustida bulutlar |
Nashr qilingan til: | O'zbek |
Kitobning asl tili: | O'zbek |
Formati: | A5 |
ISBN: | 978-9943-5947-1-5 |
Nashr yili: | 2020 |
Nashriyotchi: | Qaldirg'och |
Seriya: | 0 |
Yosh chegarasi: | 7 dan 70 gacha |