Imomning maneken qizi
Omina Shenlikoʼgʼli 1953 yilda Turkiyaning Giresun viloyati, Darali Аnbaralan qishlogʼida tugʼilgan. Kichik yoshidanoq Аdabozoriga, u yerdan esa oilasi bilan birgalikda Istanbulga kelib joylashadi. Yoshlik chogʼidan turli yoʼnalishlardagi tahsil bilan bir qatorda xristianlik dini va "Injil" kitobi boʼyicha ilmiy izlanishlar bilan shugʼallanadi.
Kitob nomi: | Imomning maneken qizi |
---|---|
Kitobning asl nomi: | imamın manken kızı |
Nashr qilingan til: | O'zbekcha |
Kitobning asl tili: | Turk tilida |
Formati: | Yumshoq / 171 |
ISBN: | 978-9943-4932-9-2 |
Nashr yili: | 2018 |
Nashriyotchi: | Qaqnus media |
Seriya: | 0 |
Yosh chegarasi: | 16 dan 70 gacha |
Taqrizlar
-
22-noyabr 2021 y. 16:56
486
Bu kitobni o'qish boshida ozgina murakkablik qildi. Ba'zida shunday bo'ladi qaysidur asarni olib o'qishni boshlaganda, uni mazmuni, uni yozilish usuli "og'irlik" qiladi va shunda bu asarni o'qishni ma'lum vaqtga qoldirib turaman.
Lekin "Imomning maneken qizi" asarida bunday bo'lmadi. Undagi qiz va ota munosabati, qizni ichidan o'tgan o'y-fikrlar, uning g'alayoni va mardligi(uydan qochib ketishi) asarni o'qigan sari o'ziga tortib ketdi(murakkab bo'lsa ham).
Uydan qochib ketgandan so'ng asar qahramoni uyining, otasini himoya devorining "narigi" tarafidagi haqiqiy hayotni o'z ko'zi bilan bilan ko'rib, otasiga nisbatan, diniga nisbatan qanchalik nohaqlik qilganini tushunib yetadi.
Umuman olganda asar o'qishga arzidi.