G'arbiy frontda o'zgarish yo'q
Atoqli nemis yozuvchisi Erix Mariya Remark ijodi bilan kitobxonlarimiz uning "Uch og‘ayni" romani orqali tanishganlar. Mana endi adibning yana bir mashhur romanini e’tiboringizga havola qilayotirmiz. Mazkur asarda birinchi jahon urushi o‘z domiga tortgan o‘spirinlar orqali urush dahshatlarini boshdan kechirgan, ruhan ezilgan, jamiyatdan begonalashgan va bolalik orzu-umidlari chil-parchin bo‘lgan butun bir avlodning ayanchli qismati mahorat bilan aks ettirilgan.
Kitob nomi: | G'arbiy frontda o'zgarish yo'q |
---|---|
Kitobning asl nomi: | На Западном фронте без перемен |
Nashr qilingan til: | O'zbekcha |
Kitobning asl tili: | Nemis tilida |
Formati: | Qattiq / 240 |
ISBN: | 978-9943-27-668-0 |
Nashr yili: | 2019 |
Nashriyotchi: | Yangi asr avlodi |
Seriya: | 0 |
Yosh chegarasi: | None dan None gacha |
Taqrizlar
-
31-oktabr 2021 y. 15:27
1608
“Men yoshman - endigina yigirmaga kirdim, lekin koʻrganlarim qon, oʻlim, qoʻrquv va mudhish azob-uqubatdan iborat nursiz, bemaqsad hayot boʻldi. Kimdir bir xalqni ikkinchisiga gij-gijlaydi, odamlar birovning irodasiga boʻysunib, bir-birini oʻldiradi, lekin jinoyat qilayotgani va gunohga botayotgani haqida oʻylamaydi. Insoniyatning eng dono vakillari yangi-yangi qurollarni yaratadi va buni oqlash uchun qop-qop soʻz topadi. Jazosini biz tortamiz, Yer yuzidagi jamiki tengdoshlarim tortadi”.
Shu asari tufayli Germaniya kutubxonalaridan barcha kitoblari badarg'a qilingan, mamlakat adabiyot olamida "zapretlar"ga tushishiga sabab bo'lgan mashhur yozuvchi Remarkning "G'arbiy frontda o'zgarish yo'q" romanini nihoyta o'qib tugatdim.
Asarni o'qib boshlar ekanman, Remarkka bu kabi taqiqlarning nega qo'yilganini tushunganday bo'ldim. Chunki …