Taqrizlar Barchasi 1
-
31-oktabr 2021 y. 15:01
352
Ko'cha-ko'yda, tik-tokda turli yoshlar o'zlaridan mafiya yoki ko'cha bolasi yasashga urinishlarini kuzatsangiz kerak. Ammo bular afsonaviy Godfather oldida oddiy bolalar o'yini xolos. Haqiqiy mafiya romantikasidan bahramand bo'lmoqchi bo'lganlar birinchi navbatda ushbu shedevr kitobni o'qib chiqishlari shart deb bilaman.
Bu kitob men Toshkent shahridagi xarid qilgan ilk kitobimdir. Sharq do'konidan (https://t.me/Panda_books/1729) olganim hozirgidek esimda. O'qishni boshlagach, kitobdan bir soniya bo'lsin, ajrala olmay qolgandim. O'zimcha Korleonening gaplari va harakatlarini qaytarishga urinardim.
Asarning asosiy voqealari 1945-yillardan Donning uyidagi nikoh to'yi marosimidan boshlanadi. Nyu-Yorkda istiqomat qiluvchi italyan mafiyasi - Don Korleonelar oilasi haqida hikoya qilinuvchi ushbu saga asosiy qahramonlaridan biri jinoyat olamida Godfather (Cho'qintirgan …