Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari
  • 7-may 2023 y. 17:08

    454

    Bu asarni o'qiyotganda o'sha zamonga tushib qolgandek his qildim o'zimni. Pirimqul Qodirov "Yulduzli tunlar" va "Humoyun va Akbar" bilan Zahiddin Muhammad Bobur ajdodimizni yoritib bergan bo'lsalar, Oybek domla "Navoiy" asarlari orqali Hazrati Mir Alisher Navoiy hayotlarini biz yosh avlodga yozib ketdilar. Ulug'bek bobomizni qisman bo'lsada hayotlarini Odil Yoqubov yoritib, yozib ketdilar. Yozuvchilarimizni rahmatiga olgan bo'lsin.

    Yuqoridagi ismi zikr qilingan bobolarimiz hammalari ilmga haris bo'lganlari va ilm ahllarini doim hurmatlarini joyiga qo'yganlarini ko'rishimiz mumkin. Biz mana shu ajdodlarimizdan ibrat olishimiz kerak.

    "Ulug'bek xazinasi" asarida ham Ulug'bekning shogirti Ali Qushchining ustoziga hurmati va sodiqligini ko'rish mumkin. Mansab oshib borgan sari oldida hiyonatchilarni ko'p bo'lishi, turli hil bid'atlar bilan odamni chalg'itish osonligini ko'rish mumkin. Undan tashqari padarkushning jazosi u dunyoning qo'ya turaylik bu dunyoning o'zida berilishini bilib olamiz.

    Asarni o'qib ko'p xulosalar oldim. Oldingi maqolamda yozganimdek asar o'qish bilan bir qatorda audio tasmasini ham tinglab bordim. Buni uchun Najot Nur ga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Siz ham audionoma dasturidan foydalansangiz haqiqiy suhandonning qanchalik asarni sizga yetkazib berishiga amin bo'lasiz.

    Siz asarni o'qiganmisiz?

    Baholash: 0
Izohlar 0