-
7-may 2023 y. 16:57
155
Avvalo asarni mahorat bilan tarjima qilgan Karim Bahriyev va "Asaxiy books" ga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Ushbu kitob bir necha yirik nashriyotlar tominidan insoniyat tarixidagi eng zo'r 10 kitobdan biri deb tan olingan ekan.
Juda og'ir kitob. Molxona asaridan keyin bunisi juda og'irlik qildi. Katta Og'a uchun odamni jismoniy yo'q qilish bu zafar emas, uni aqli, tafakkuri va fikrlashini boshqarish g'alabadir. Turli chidab bo'lmas qiynoqlar orqali o'zligidan mahrum etadi. Natijada inson tirik murda, manqurtga aylanadi. Katta Og'a kaminaga Stalinni, Goldstein esa Trokiyni eslatib yuboradi. Kitob bizga Sovet davridagi alamli kunlarimizni eslatadi, undagi ayanchili kunlarni tushuntiradi.
Bu asar orqali siyosiy hayotga kirib borishim uchun turtki bo'ldi ya'ni siyosatni yanada chuqur tushuna boshladim. Muallifning "Molxona" asari bilan fikrlar hamohang ekan. "Molxona" asarida hayvonlar orqali siyosatga tus berilgan bo'lsa, "1986" romani orqali esa odamlar orqali.
Yozuvchining "Molxona" asarini uncha tushunmagan ekanman. Ikki kitob haqida ko'p intervyular ko'rib ancha tushunib oldim. "Molxona" va "1984" romani audiolarini eshitib chiqishni o'zimga vazifa qilib oldim.
Aziz kitobxon do'stim, ushbu asarni o'qib chiqishingizni tavsiya qilaman. Tarix sahifalarining qonli kunlariga qaytgandek bo'lasiz. Tamom.
«URUSH– TINCHLIKDIR.
ERK-QULLIKDIR.
BILIMSIZLIK KUCHDIR»
Siz ushbu kitobni o'qiganmisiz?
Izohlar 0