Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari
  • 19-dekabr 2022 y. 8:39

    285

    Hozirgi zamonaviy dunyoda yashash osonlashgani bilan birga murakkablashib ham bormoqda. Kasb-hunarlar kundan-kunga ko‘paymoqda. Bunda 10 yil oldin yetti uxlab tushimizga kirmagan kasblar hayotimizga kirib keldi. Bu jadal rivojlanib borayotgan zamonda yashab qolish, rivojlanish qiyinlashib bormoqda.

    Ayni zamonamizda insonlarning turmush tarzi ham yengillashdi, ba’zi ishlar yuqori tezlikda bajariladigan bo‘ldi. Lekin, ko‘pchilik insonlar sayoz ish va yumushlarga chalg‘ib, o‘zlarining hayotlarida muhim o‘zgarishlarga sabab bo‘ladigan ishlarini unutib qo‘ymoqdalar.

    Shu va shunga o‘xshash muammolarga o‘zining falsafiy qarashlari, tajribadan o‘tgan bilimlari bilan yechim bergan Jorjtaun universiteti professori Kel Nyuportning “Diqqat” kitobini o‘qishni tavsiya qilaman.

    Unutmang, kam sonli aniq maqsadlilar jamoasiga qo‘shilib, ko‘p sonli chalg‘iganlar toifasini tark etish — ana shu aniq o‘zgarishlar qiladigan tajribadir.

    Baholash: 0
Izohlar 0