Taqrizlar Barchasi 2
-
7-may 2023 y. 16:57
155
Avvalo asarni mahorat bilan tarjima qilgan Karim Bahriyev va "Asaxiy books" ga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Ushbu kitob bir necha yirik nashriyotlar tominidan insoniyat tarixidagi eng zo'r 10 kitobdan biri deb tan olingan ekan.
Juda og'ir kitob. Molxona asaridan keyin bunisi juda og'irlik qildi. Katta Og'a uchun odamni jismoniy yo'q qilish bu zafar emas, uni aqli, tafakkuri va fikrlashini boshqarish g'alabadir. Turli chidab bo'lmas qiynoqlar orqali o'zligidan mahrum etadi. Natijada inson tirik murda, manqurtga aylanadi. Katta Og'a kaminaga Stalinni, Goldstein esa Trokiyni eslatib yuboradi. Kitob bizga Sovet davridagi alamli kunlarimizni eslatadi, undagi ayanchili kunlarni tushuntiradi.
Bu asar orqali siyosiy hayotga kirib …
-
4-mart 2023 y. 16:43
232
Ilk bor Diplomatiya universitetidagi talabalik kezlarim rus tili darsida auditoriyadan tashqari ("внеаудиторка") kitob o'qish topshirig'i tushgandi. Oson asarlar tanlash mumkinmasidi, men esa qahramonlik qilib, baland dorga sakragandim. Xullas, tanlovim jorj Oruellning "1984" bo'lgandi. Hali u payt u o'zbek tiliga tarjima qilinmagandi. Bu qarorga kutubxonada do'stlar bilan dars qilib o'tirib, mutlaqo tasodifan maslahat berishgandi. Xullas, tanlaganim antiutopiya janridagi bu kitob keyinchalik eng manzurlar orasidan joy olishini o'sha paytda hali bilmasdim.
Jorj Oruellning "1984" asari mening sevimlilarim TOP-3 taligida turishi rost. Shundanmi, u haqida yozish mendan anchayin katta ma'suliyat talab qiladi. Bunga hozir qaror qilishimga esa, kuni kecha "ma'naviyat nima? u bizga …