Yolg'onlar shahri
U shunday shaharki, odamlar o‘zlarining asl istaklarini pinhon tutishga, din va an’ana talablariga muvofiq yashaërranini ko‘rsatishga majbur. Bu shaharda yashash uchun yolg‘on gapirish kerak. Bu yerda yolg‘on so‘zlash hayot va mamot masalasidir.
Kitob nomi: | Yolg'onlar shahri |
---|---|
Kitobning asl nomi: | City of lies |
Nashr qilingan til: | O'zbekcha |
Kitobning asl tili: | Ingliz |
Formati: | Qattiq / 276 |
ISBN: | 978-9943-23-164-1 |
Nashr yili: | 2020 |
Nashriyotchi: | None |
Seriya: | 0 |
Yosh chegarasi: | 18 dan 70 gacha |
Taqrizlar
-
16-yanvar 2022 y. 21:32
302
Bu asar Tehronda tug'ilgan, ammo Eronda bo'lib o'tgan Islom inqilobidan so'ng Londonga ko'chib ketgan jurnalist Ramita Navai tomonidan yozilgan.
Asarda Eron Islom Respublikasi poytaxti Tehron shahri istiqomat qiluvchi yoki hayoti shu shahar bilan bog'langan bir qancha insonlar taqdiri hikoya qilingan. Albatta ularni ismlari o'zgartirilgan.
Bugungi Tehron qanday shaharligini tushunish, uni o'rni haqida bilish uchun avvalo tarixga murojaat qilish kerak. 1979-yilda Eronda inqilob bo'lib o'tadi. Unda monarxiya ag'darilib o'rniga Islomiy Respublika tashkil etiladi. Rasmiy davlat dini sifatida islomning shia yo'nalishi belgilanadi. Mamlakatda har qanday qonunlar din asosi(ko'p hollarda fatvolar asosida)da qabul qilinadi. Tehron esa 13 mln aholisi bilan(96% shialar) Eronning siyosiy, …
Iqtiboslar
-
Besh haftadan so'ng Fotima uni kechirdi, u shunga majbur edi. Bu haqiqat ikkivoning ham obro'sini to'kishi mumkin ediki, bu haqida hech kimga og'iz ochmaslik ma'qul ko'rildi. Bari o'tib ketdi. Xoji Og'a endi xotini atrofida girdikapalak edi.
-
Amerika bizdan g'azablanaversin va shu g'azab uni o'ldirsin.
-
Tuzimning har bir qoida va qonuni din bilan dastaklashga uringani oqibatida Tehronda masjidlar ko'payib ketdi. Qancha ko'p masjid qurilsa, ularning ichi shunchalik bo'shab boraverdi. Yoshlar masjidga deyarli bormay qo'ydi.
-
Asg'ar "johil" edi, bu so'z arabchadan tarjima qilinganda "bilimsiz" degan ma'no beradi. "Johil" kelib chiqishi janubiy Tehronning ishchi sinf vakillaridan bo'lib, g'irt bezori va yo'lto'sar bo'ladi. Ular kamroq zo'ravonlik qilib, ko'proq hamdardlik va xushxulqlik ko'rsatadigan Mafiya a'zosi kabi hurmatga loyiq, tarbiyali tovlamachi va razil odam qiyofasini yaratishga urinardi.
-
- Agar mulla siyg'a Xudoning oldida gunohdan forig' qiladi, degan bo'lsa, bu masalada qanday qilib tortirishish mumkin.
- To'ppa-to'g'ri, biz kim bo'libmizki, mullalarning adolati haqida baxslashsak.