Vaqt mashinasi
Gerbert Uells mashxur fantastik asarlari muallifi bo'lib, o'zbek kitobxonlariga o'zining "Dunyolar jangi", "Ko'rinmas odam" kabi takrorlanmas asarlari bilan juda yaxshi tanish. Gerbert Uells ko‘pdan-ko‘p roman, qissa va hikoyalar muallifidir. "Vaqt mashinasi" asari ham aynan Gerbert Uellsning dunyo tan olgan asarlaridan biri. Asar janri roman bo'lib, ushbu romanning bosh qahramoni — daho ixtirochi o‘zining ajoyib mashinasida 800 000 yil osha sayohat qilib, kelajakda tarallabedod yashaydigan nozik-nihol eloylaru yer osti maxluqlari — morloklarga duch keladi. Asar nomiga xos mos tarzda vaqtlar osha sayohat haqidadir.
| Kitob nomi: | Vaqt mashinasi |
|---|---|
| Kitobning asl nomi: | The time machine |
| Nashr qilingan til: | O'zbek |
| Kitobning asl tili: | Ingliz |
| Formati: | A5 |
| ISBN: | 978-9943-7121-9-5 |
| Nashr yili: | 2022 |
| Nashriyotchi: | Silk Road Publishing |
| Seriya: | 0 |
| Yosh chegarasi: | 7 dan 70 gacha |





