Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Tohir va Zuhra

“Tohir va Zuhra” doston hissoblanib, xalq og'zaki ijodiga tegishli va  xalq dostonining asosiy mavzusi o'z nomi bilan ko'rinib turganidek ,sevgi-muhabbat haqidadir. Dostonda sevgi o‘zida samimiyat, vafo va sadoqat, mardlik va jasorat, ezgulik va adolat kabi olijanob fazilatlarni mujassamlashtirgan, kurashlarda chiniqqan armonli sevgidir. Tohir ham, Zuhra ham sevgi va kurashda kamol topadi, hech qanday  kuch ularning  qaroridan qaytarolmaydi, hattoki, o‘lim tahlikasi ham sevgi yo'lidan chekinishga monelik qilolmaydi. Ikki sevishgan hayoti fojia bilan yakun topsa-da, muhabbatlari mangu dostonga aylanadi. Qo‘lingizdagi ana shu doston Siz aziz o‘quvchilarning sevimli kitobingiz bo‘lib qolaqi, degan umiddamiz

Janri: Doston
0 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
0 o'qigan
 
0 Taqriz
O‘tgan zamonda, elu yurti omonda, anavi ko‘ringan to‘garning ortida, Samarqandning sirtida, O‘zjan yurtida Qoraxon va Sarixon deganlar o‘tdi. Qoraxon podshohlik qilib, Sarixon vazirlik qilib, ikkavi do‘st bo‘lib, bir-birining gapini yerda qoldirmay, hurmat-izzat bilan, katta davlat bilan, noz-ne‘mat bilan yashab, oshlarini oshab, ikkavi ham qirqdan qirq beshga qarab qadam qo‘yib qoldilar. Ammo bularning hech narsadan kami yo‘q bo‘lsa ham, dunyoda bir timoqqa zor edilar. Doston quyidagi satrlar ila boshlangan, va albatta , kitobxonlarga birdek yoqadi.
Kitob nomi: Tohir va Zuhra
Kitobning asl nomi: Tohir va Zuhra
Nashr qilingan til: O'zbek
Kitobning asl tili: Fors-Tojik
Formati: A5
ISBN: 5-635-02278-2
Nashr yili: 2004
Nashriyotchi: G`afur G`ulom
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 7 dan 70 gacha

Taqrizlar

Hozirda ushbu kitobda taqrizlar mavjud emas.
Taqriz yozish



Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish



Janr bo'yicha boshqa kitoblar