Tana va ruhni tarbiyalash
Ushbu kitob Sizni o‘zingizni anglashdek hayratlanarli yo‘ldan boshlab boradi. Norbekov tizimining xususiyatlari bilan tanishishda davom etar ekansiz, ko‘rish, eshitish qobiliyatini yaxshilash, hissiyotlarni mashq qildirish bo‘yicha va boshqa ko‘plab masalalar yuzasidan amaliy ko‘rsatmalarga ega bo‘lasiz, ayollar esa ko‘plab muammolarga yechim topib, sezgilarining to‘laqonli tiklanishiga ko‘mak beradigan vositasiz ginekologik automassaj texnikasiga ega bo‘lishlari mumkin. Kitobda ilova qilinayotgan barcha mashqlarning bajarilishi juda oddiy va turli yoshdagi odamlarga: ayollar, bolalar, katta yoshdagilar, hatto o‘zini qariyaga chiqarib qo‘yganlarga mo‘ljallangan va bajarilishi oson. Bu mashqlar ijro etuvchiga yoshlik va salomatlik bag‘ishlovchi jozibali raqs nafosatini eslatadi.
Kitob nomi: | Tana va ruhni tarbiyalash |
---|---|
Kitobning asl nomi: | Tana va ruhni tarbiyalash |
Nashr qilingan til: | O'zbekcha |
Kitobning asl tili: | O'zbekcha |
Formati: | Qattiq/180 |
ISBN: | 978-9943-999-74-9 |
Nashr yili: | 2018 |
Nashriyotchi: | Boshqa nashriyotlar |
Seriya: | 0 |
Yosh chegarasi: | 16 dan 70 gacha |