Shaytanat (to'liq 5 tom)
Dunyo yaralibdiki, ezgulik va yovuzlik mudom insoniyatni kurashga chorlab keladi. Tohir Malikning «shaytanat» olami haqida hikoya qiluvchi ushbu asari necha yillardan buyon o‘quvchilar e’tirofiga sazovor bo‘lib kelmoqda. Jinoyatchilar olamining sir-asrorlari haqida so‘z yurituvchi mazkur asar Siz o‘quvchilar uchun ajoyib sovg‘a bo‘lishiga ishonamiz. Asar detektiv janrga ixlosmand kitobxonlar uchun munosib tuhfadir.
Kitob nomi: | Shaytanat (to'liq 5 tom) |
---|---|
Kitobning asl nomi: | Shaytanat |
Nashr qilingan til: | O'zbekcha |
Kitobning asl tili: | O'zbekcha |
Formati: | Qattiq/800, 736 |
ISBN: | 978-9943-22-249-6 |
Nashr yili: | 2018 |
Nashriyotchi: | O'qituvchi |
Seriya: | 0 |
Yosh chegarasi: | 16 dan 70 gacha |
Taqrizlar
-
20-may 2023 y. 21:16
203
Ushbu asarning nomi meni o‘ziga jalb etganligi bilan ham ajralib turadi. (Ushbu so‘z birinchi bor Alisher Navoiy asarlarida uchragan ekan) Nom ham asarga juda ham mos tushgan. Shaytanat - shaytonlar saltanati! Asar 70-80-yillarda mafiyaning rivojlanib ketganligiga aslida nima sabab bo‘lganligini zulmning boshlanish nuqtasi 30-yillarda o‘zbek ziyolilari boshida o‘ynagan qatag‘on shamshirishi tasvirlangan. Hech narsa sababsiz bo‘lmaydi. Oqibat bor ekan uning sababi ham bor. Hech kim yomon bo‘lib tug‘ilmaydi. Insonni yomon bo‘lishiga muhit sababchi bo‘lganligini, Asadbekni O‘q ilon bo‘lishiga uning qalbida uyg‘ongan nafrat sababligini yozuvchi tushuntirmoqchi. Asar qahramonlarining qalblaridagi YORILMAGAN YARAlarini ko‘rsata olish, o‘tkir ruhiy tasvir asarning shuhratiga shuhrat qo‘shganligi shu boisdandir?! …