Sarmoyador
Oʼzbek kitobxoniga oʼzining «Baxtiqaro Kerri», Аmerika fojiasi» singari romanlari bilan tanish amerikalik adib Teodor Drayzerning hech bir asari oʼquvchini befarq qoldirmaydi. Yozuvchining Vatani Аmerikaga boʼlgan mehr-muhabbati uni chinakam milliy yozuvchi darajasiga koʼtardi, Vatani kelajagidan tashvishga tushish uning asarlari asosini tashkil etar edi. Darhaqiqat, insonni insoniylikdan chiqaradigan eng salbiy omillardan biri Vatan qaygʼusidan oʼzini chetga tortish, uni faqat boyligi uchun sevishdir - Teodor Drayzer qalbidagi otashin Vatan sevgisi uni oʼlmas vatanparvarga aylantirdi. Аdibning «Sarmoyador» romani, garchi bir ishbilarmon hayoti haqida hikoya qilinsa-da, unda oʼzingizni okeanortidagi badavlat mamlakatning kechasi, hoziri va kelajagidan voqif boʼlganday his etasiz.
Kitob nomi: | Sarmoyador |
---|---|
Kitobning asl nomi: | The Financier |
Nashr qilingan til: | O'zbekcha |
Kitobning asl tili: | Ingilizcha |
Formati: | Qattiq/640 |
ISBN: | 978-9943-4468-7-8 |
Nashr yili: | 2021 |
Nashriyotchi: | Noshir |
Seriya: | 0 |
Yosh chegarasi: | 16 dan 70 gacha |