Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Raqamli qal'a

Qo‘lingizdagi kitob zamonaviy jahon adabiyotining eng mashhur yozuvchilaridan biri, butun dunyo bo‘ylab 300 milliondan ortiq nusxada kitob sotgan Den Braunning “Raqamli qal’a“ romanidir. Ushbu roman Den Braunning ilk romani bo‘lib, asar shu zahoti Den Braunga butun dunyoga mashhurlikni olib keladi. Bugungi kunda Den Braun “New York Times“ nashri tomonidan bir necha bor dunyoning eng mashhur 100 insoni sifatida e’tirof etilgan va uning asarlari doim dunyodagi yangi bestsellerlar ro‘yxatida eng birinchi o‘rinlarni egallab kelmoqda. Ayni vaqtda yillik 156 million AQSH dollari daromad bilan, Den Braun jahonda eng ko‘p daromad qiladigan yozuvchilardan biri ham hisoblanadi. Uning boshqa bir “Da Vinchi kodi“ nomli asari o‘zbek kitobxonlariga yaxshi tanish.

33 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
9 o'qigan
 
1 Taqriz
«Raqamli qal’a» romani adibning ilk romani bo‘lib, asar 1998-yilda yozilgan. Asarning yozilishiga Den Braun hayotda o‘zi guvohi bo‘lgan voqea sabab bo‘ladi. Den Braun o‘zi dars beradigan Universitetdagi talaba do‘stiga elektron pochta orqali hazillashib AQSH prezidentiga suiqasd qilmoqchi ekanligini yozganligidan so‘ng AQSH “Milliy xavfsizlik agentligi“ xodimlari tomonidan qo‘lga olinadi. Milliy xavfsizlik agentligi eng sirli agentliklardan biri bo‘lib, uning vazifasi fuqarolarni kuzatib borishdir. Bu vaziyat uni qiziqtirib qo‘yadi va u elektron xavfsizlik haqida asar yozishga qaror qiladi. Uyiga kelib asarni yoza boshlagan paytda elektron pochta orqali virus kelib, kompyuterining qattiq diski kuyib qoladi. Bundan xavotir olgan Den Braun “Milliy xavfsizlik agentligi“ va undagi dovyurak razvedkachilar haqida shov-shuvli kitobni chop etadi. Asarda raqamli xavfsizlik, vatan xavfsizligi yo‘lida ishlaydigan jasur shaxslarning hayoti, ular uchraydigan xavf masalalari ko‘tarilgan. Ushbu asarda ham vatanparvarlik, ham ehtirosli sevgi, ham qiziqarli ma’lumotlar, ham sizni o‘z dunyosiga sayohat qildiradigan ajoyib syujetni topasiz. Asar voqealari AQSH, Ispaniya, Yaponiya kabi mamlakatlar hududida o‘tishi, voqealarning tez va kutilmagan rivoji sizni o‘ziga maftun qiladi. Umid qilamizki, Den Braunning sodda va qiziqarli o‘ziga xos realistik uslubi o‘zbek kitobxonlariga ma’qul keladi. 
Kitob nomi: Raqamli qal'a
Kitobning asl nomi: Digital fortress
Nashr qilingan til: O'zbekcha
Kitobning asl tili: Ingliz
Formati: Yumshoq / 480
ISBN: 978-9943-23-148-1
Nashr yili: 2019
Nashriyotchi: Nihol nashr
Seriya: 0
Yosh chegarasi: None dan None gacha

Taqrizlar

  • 7-may 2023 y. 16:57

    63

    Kitobga xulosa yozishdan oldin kitob haqida bir necha fikrlarimni bildirmoqchiman.

    1. Kitobni tarjima qilgan "Asaxiy books" jamoasiga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Xususan loyiha rahbari Firuz Allaev va tarjimon Orifa G'ulomovaga rahmatlar aytib qolaman.

    2. Kitob 16+ ishorasi bilan chiqqan. Buni boshida dasturlash va IT ga doir bo'lgani uchun shundaymikin degandim, adashgan ekanman. Kitobni ikki joyida biz ko'rsak ko'zimizni yopadigan, o'qisak tashlab ketadigan joylari bor ekan. Taklifim shuki, ana shu joylariga yaxshilab ahamiyat berdim. O'sha joylari olib tashlansa asarni mazmun-mohiyatiga ta'sir o'tkazmas ekan. Iltimos olib tashlanglar. Keyin biz bu asarni yosh kitobxonlarga ham bera olamiz. Sababi IT ga qiziqtirish uchun judayam yaxshi …

    Baholash: 0

Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish



Janr bo'yicha boshqa kitoblar