Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Qoraquyun

"Shuhrat" medali sovrindori, iste'dodli yozuvchi yosh-u qari kitobxonga ma'lum-u mashxur bo'lgan,  Normurod Norqobilov asarlari bilan kitobxonlarga juda yaxshi tanish. Normurod Norqobilovning "Qoraquyun" nomli asari roman janrida yozilgan va romanda tog‘lik bo'lgan bir yigitning tutqunlikka tushib qolishi, ozod bo‘lgandan so'ng esa , yigitni qullik chohiga uloqtirgan kimsadan qasos olish niyatida bir jonivorni "jonli o‘q" sifatida qafas, ya'ni g‘ulda tarbiyalashi aks ettirilgan. Asarda yana ozod inson tutqundagi insonning ruhiyatini anglab yetmoqqa qodir bo‘lmaganidek, inson ham tutqundagi jonivorning botinida yuz berayotgan evrilishlarni idrok etmoqqa ojiz ekanligi mohirlik bilan tasvirlab berilgan.

0 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
0 o'qigan
 
0 Taqriz
Asar haqida qisqacha bayonot bilan bir qatorda adib haqida ham qisqacha ma'lumot beradigan bo'lsak ,Normurod Norqobilov, 1953 yil 7 iyunda Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida tavallud topgan. 1982 yil Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy Universiteti)ning jurnalistika fakultetini bitirgan.1987 yil uning “Zangori ko‘l” nomli ilk hikoyalar to‘plami chop etilgan. Shundan so‘ng “Unitilgan qo‘shiq” (1990), “Yuzma-yuz” (1993), “Sariq gul” (1996), “Paxmoq” (1997), “Temur g‘ori”, “Arazchi chumchuq” (1999), “Bekatdagi oq uycha” (2000), “Ovul oralagan bo‘ri”, “Jo‘shqin daryo” (2005), “Bo‘ron ko‘pgan kun” (2007) hikoya va qissalardan iborat to‘plamlari va “Dashtu dalalarda” (2009) romani nashr etilgan. Yozuvchining “Tog‘dagi yolg‘iz odam” (2011), “Amir Temur izidan” (2016) asarlari dunyo yuzini ko‘rgan. Adibning “Quyosh botmaydigan yurt”, “Shim yoxud xotinlar janjali”, “Belbog‘” kabi asarlari asosida ko‘p qismli videofilmlar yaratilgan. Bir qancha hikoya va qissalari rus, qozoq, belorus, qirg‘iz, tatar, arab, turk, xitoy va boshqa ko‘plab tillarga tarjima qilingan.Norqobilov “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” faxrli unvoni hamda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.
Kitob nomi: Qoraquyun
Kitobning asl nomi: Qoraquyun
Nashr qilingan til: O'zbek
Kitobning asl tili: O'zbek
Formati: A5
ISBN: 978-9943-28-803-4
Nashr yili: 2016
Nashriyotchi: O‘zbekiston NMIU
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 7 dan 70 gacha

Taqrizlar

Hozirda ushbu kitobda taqrizlar mavjud emas.
Taqriz yozish



Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish



Janr bo'yicha boshqa kitoblar