Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Qorako‘z majnun

Sarlavhasi va Hadisi sharifdan keltirilgan epigrafidayoq asar " bosh qahramoni" it (Qorako‘z) ekanini bilishimiz mumkin. "Majnun" nomining berilishiga sabab esa uning "marjabozlikka" borishi bilan tasvirlanadi. Shu o‘rinda adibning o‘zga dindagi qizga uylanib, ham oilasidan, ham e'tiqodidan kechgan Bo‘rixon va "marjabozlikka" borsa-da, Saodat ayaga sodiq Qorako‘zning bir-biriga naqadar mahorat bilan zidlaganining guvohi bo‘lamiz. 

1 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
0 o'qigan
 
0 Taqriz
Said Ahmadning bu hikoyasini yakunida har qanday kitobxonning ko‘ziga yosh keltira oladigan darajadagi ta'sirli hikoya deyishimiz mumkin. Asar so‘nggidagi Qorako‘zning holati va o‘limi esa tom ma'noda hikoyaning kulminatsion nuqtasi desak bo'ladi. Saodat ayaning obrazida biz dunyodagi barcha mushtipar onalarning timsolini ko‘rishimiz mumkin. Olis o‘lkada qolib ketgan o‘g‘lini ham, kasalxonada yotganda qo‘ni-qo‘shnining qistovi bilan zo‘rg‘a xabar olgan boshqa farzandlarini ham birdek duo qiluvchi onani bilishimiz mumkin.
Kitob nomi: Qorako‘z majnun
Kitobning asl nomi: Qorako‘z majnun
Nashr qilingan til: O'zbek
Kitobning asl tili: O'zbek
Formati: A5
ISBN: 5-640-02974-9
Nashr yili: 2001
Nashriyotchi: O‘zbekiston NMIU
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 10 dan 70 gacha

Taqrizlar

Hozirda ushbu kitobda taqrizlar mavjud emas.
Taqriz yozish



Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish



Janr bo'yicha boshqa kitoblar