Ozodlikdan qochish
Ozodlik aslida nimani anglatadi? Unga yetishish kimlar uchundir ezgu orzu boʼlsa, ayrimlar uchun esa tahdid kabimi? «Ozodlikdan qochish» asari tahlilining koʼrsatishicha, hozirgi inson hali hamon tashvishlar iskanjasida: u turli diktatorlarga oʼz ozodligini berishga yoki uni butunlay yoʼqotishga, erkin insonga aylanishga emas, balki mashinaning kichik murvatchasi boʼlishga moyildir. Biz yolgʼizlik va kuchsizlikdan xalos boʼlishda oʼz shaxsimizdan voz kechishga yoki xulq-atvorning koʼpchilik tomonidan qabul qilingan andazalari ostiga berkinishga tayyor ekanligimizni namoyon qilamiz. Biz his-tuygʼularimizga koʼra yashasak-ozodmiz, maʼlum qolip doirasida, aql bilan ish tutar ekanmiz-ozodlikdan qochayotgan boʼlamiz. Biror ishni yoki vazifani majbur boʼlib emas, chin dildan, istak va xohishga koʼra bajarish - erishiladigan natijaning nechogʼlik yuksak boʼlishini taʼminlaydi. Demak, ozodlikning bahosi - samarasi ana shunday! Mazkur asarda muallif inson koʼp holatlarda mustaqil, aqlli, obʼektiv boʼlish uchun yetarli darajada voyaga yetmaganini taʼkidlaydi. Siz-chi, bu borada qanday fikrdasiz?
Kitob nomi: | Ozodlikdan qochish |
---|---|
Kitobning asl nomi: | Escape from Freedom |
Nashr qilingan til: | O'zbekcha |
Kitobning asl tili: | Ingilizcha |
Formati: | Qattiq/352 |
ISBN: | 978-9943-20-378-5 |
Nashr yili: | 2021 |
Nashriyotchi: | Yangi asr avlodi |
Seriya: | 0 |
Yosh chegarasi: | 16 dan 70 gacha |
Taqrizlar
-
31-oktabr 2021 y. 15:12
431
"Inson ochiq hokimiyatga boʻysunish oʻrniga oʻzi uchun ichki hokimiyatni – vijdon yoki burchni – yaratdi. U insonni shu qadar samarali boshqaryaptiki, tashqi hokimiyat hech qachon bunday boshqara olmas edi."
Mendan ba'zida yaxshi psixologik kitob tavsiya qilishimni so'rashadi. Shu kungacha aytgan kitoblarim orasiga Frommni ham bemalol qo'shsam bo'ladi.
"Ozodlikdan qochish" - bu shunchaki kitob emas, u chaqiriq. Insonni oldin o'ylab ko'rmagan hayot sirlarini ochishga bo'lgan chaqirig'i. Tafakkur qilishga undaydigan burg'u.
Kitobni o'qishda men tavsiya qiladiganim: aslo shoshilmaslik kerak. Bunda "suv matn"lar yo'q. Har bir satrda insonni o'ylantirib qo'yadigan fikrlar berilgan.
Unda inson aslida mutlaq ozodlikni xohlamasligi, balki ko'pning bir qismi bo'lib …