O'zingga xush kelding
Nafaqat Turkiya, balki butun dunyoda favqulodda juda tez mashhurlikka erishayotgan Mirach Chag‘ri Oqtoshning yana bir ajobtovur asarlaridan biri bo'lgan “O‘zingga xush kelding” asari bo'lib , u ham ilk bor o‘zbek tiliga o‘girildi. Kitobni ona tilimizga tekis, ravon va tushunarli tarjima qilgan va yosh-u qari kitobxonni xushnud qilishga o'zining beqiyos hissasini qo‘shgan tarjimonNodirabegim Jamshid qizidir.
3
O'qimoqchi
0
o'qiyapti
0
o'qigan
0
Taqriz
Senga o‘zingdan boshqa hech kim kerak emas. Eng yomon kuningni esla: "Men yoningdaman", deganlar ko‘p edi, lekin o‘sha og‘ir kunlarda yolg‘iz qolib ketmadingmi? Yiqilgan payting yana o‘zingga suyanib, o‘rningdan turmadingmi? To‘yib ketgan paytlaring yolg‘iz yig‘lamadingmi? Sendan so‘rayapman, nomunosib odamlar uchun o‘zingga nisbatan yetarlicha nohaqlik qilmadingmi? Odamlar keladi va ketadi. Qoladigani esa faqat sensan. O‘zingga o‘zing uchun g‘amxo‘rlik qil. O‘zingni o‘zing uchun ehtiyot qil. Hamma ketadi, sen qolasan. Yiqilsang, o‘zing oyoqqa turasan. Yaralansang, yarangni o‘zing davolaysan. Har doimgidek senga “Yoningdaman” deydiganlar bo‘ladi va yana shuncha dardni bir o‘zing yengib o‘tasan. Kimdir seni quchib taskin berishiga ehtiyoj sezasan va atrofga boqasan. Tevarak atrofingda bunday kimsaga ko‘zing tushmaydi, yana o‘zingni bag‘ringga bosasan. O‘zingni ehtiyot qil. Senga hammadan ko‘p o‘zing keraksan. Mirach Chag‘ri Oqtosh
Kitob nomi: | O'zingga xush kelding |
---|---|
Kitobning asl nomi: | Kendine Hoş Geldin |
Nashr qilingan til: | O'zbek |
Kitobning asl tili: | Turk |
Formati: | A5 |
ISBN: | 978-9943-8267-2-4 |
Nashr yili: | 2022 |
Nashriyotchi: | Factor Press |
Seriya: | 0 |
Yosh chegarasi: | 7 dan 70 gacha |