Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Otamdan qolgan dalalar

Tog‘ay Murodning ilk romani "Otamdan qolgan dalalar" adib ijodidagina emas, milliy adabiyotimiz tarixida muhim hodisa bo‘lgan.  Asar ramziy roman bo'lib , 1986—1991-yillarda yozilgan. Birinchi marotaba „Yoshlik“ jurnalining 1993-yildagi sonida e'lon qilingan. Toʻliq tarzda 1994-yilda Sharq nashriyot-matbaa konsernining bosh taxriryati tominidan 272 betli qattiq muqovada 75000 nusxada nashr etilgan. Soʻnggi marotaba 2018-yilda Oʻzbekiston nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan 360 betli 5000 nusxali qattiq muqovada nashr etildi. Togʻay Murod 1993-yilda Qodiriy nomidagi davlat mukofotini "Otamdan qolgan dalalar" romani uchun qo'lga kiritgan. Asar asosida 1998-yilda rejissor Shuhrat Abbosov tomonidan shu nomli toʻliq metrajli film suratga olingan.

1 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
0 o'qigan
 
0 Taqriz
Asarda bosh qahramon Dehqonqul oʻzbek xalqining timsoli sifatida tasvirlangan. Asarda uch avlod vakillari Jaloliddin Ketmon, uning oʻgʻli Aqrab va uning farzandi Dehqonqul obrazi orqali oʻzbek xalqi hayotining fojiali qirralarini yoritib berilgan. Bolalikdan qullik, zulmga koʻnikkan, hayotni faqat mehnatdan iborat deb bilgan Dehqonqul uchun dalalari va paxtasi muhim. Uning uchun dalalarining yaxshi saqlanishi, moʻl hosil berishigina saodat. Dehqonqul shu tashvishlar bilan band boʻlib oilasiga, farzandlariga ham eʼtibor bermaydi. Markazdan keluvchi mehmonlarga atab bozor qiladi, biroq bolalariga kelganda kambagʻalligiga koʻnadi. Siyosatdan yiroq boʻlgan boʻlsa-da, asar yakunida „Paxta ishi“ sababli qamaladi. Shuncha yil qul boʻlib yashagan Dehqonqulning koʻzi shunda ochiladi. Hayotidagi barcha fojialarni ana oʻshanda anglaydi.
Kitob nomi: Otamdan qolgan dalalar
Kitobning asl nomi: Otamdan qolgan dalalar
Nashr qilingan til: O'zbek
Kitobning asl tili: O'zbek
Formati: A5
ISBN: 978-9943-8222-0-7
Nashr yili: 2020
Nashriyotchi: Zukko kitobxon
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 7 dan 70 gacha

Taqrizlar

Hozirda ushbu kitobda taqrizlar mavjud emas.
Taqriz yozish



Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish



Janr bo'yicha boshqa kitoblar