Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Navoiy

"Navoiy" tarixiy-biografik roman bo'lib, roman voqeasi 18 yoshli yigit bo'lgan, Alisher Navoiyning Samarqanddan Hirotga qaytishi bilan boshlanadi va Navoiy hayotining eng samarali va eng sermazmun davrlarini qamrab oladi. Roman voqealarining oxiri Navoiyning o‘limini aks ettirish bilan tugaydi. Asarda Navoiy tarjimai holining asosiy bosqichlari hayot haqiqatiga mos holda yorqin tasvirlangan. Asarda Navoiyning olijanob fazilatlari, ajoyib xislatlari, Vatan, xalq va adabiyot oldidagi buyuk xizmatlari birin-ketin ochila boradi. 

0 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
0 o'qigan
 
1 Taqriz
Romanda Husayn Boyqaro, Xadicha begim, Mo‘min Mirzo, Darveshali, Binoiy, Majididdin singari tarixiy shaxslar obrazi ham berilgan. g‘oyat ustalik bilan yaratilgan bu obrazlar bosh qahramon Navoiy xarakterini ochishda muhim o‘rin tutadilar. "Navoiy" romani o‘zbek tarixiy romanchiligi tilining shakllanishida ham muhim rol o‘ynaydi. Asar tili o‘tmish davrning jonli tilini yaratish namunalaridan biri bo‘lib qoldi, unda besh yuz yil avval yashagan tarixiy qahramonlarning tili hozirgi kitobxonlarga tushunarli qilib qayta tiriltirildi. Bir so'z bilan aytganda, "Navoiy" romani o‘zbek romanchiligining ajoyib namunasi va juda katta yutug‘idir. Bu roman jahondagi rus, ingliz, ukrain, nemis, belorus, qozoq, turkman, ozarbayjon, tojik, arab, fors, eston, latish va xitoy tillariga tarjima qilingan va hamma joyda kitobxonlarga manzur bo‘lgan.
Kitob nomi: Navoiy
Kitobning asl nomi: Navoiy
Nashr qilingan til: O'zbek
Kitobning asl tili: O'zbek
Formati: A5
ISBN: 978-9943-6654-6-0
Nashr yili: 2020
Nashriyotchi: Ilm-Ziyo-Zakovat
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 7 dan 70 gacha

Taqrizlar

  • 7-may 2023 y. 17:09

    345

    Kitobni tugatganimga mana ikki kun bo'ldi. Xulosa yozaman deb kompyuterim oldiga kelaman yoza olmay qaytaman yoki boshqa ishga o'tib ketaman. Nimaga bunday bo'lmoqda o'zim ham tushunmayman. Bir narsa yozmoqchi bo'lsam ozgina taraddud bilan tez yozib nihoyasiga yetkazaman lekin bu kitob xulosasiga kelganda dilim va zikrimga hech vaqt hech narsa kelmasa deng. Buni ham o'zining bir hikmati bor.

    O'zimcha ko'p o'yladim. Alisher Navoiy hazratlarini avliyo bo'lganlar. U zot haqida xulosa yozish, sifatlarini tarif qilish bizdeklarga emas deyman o'zimga o'zim. Yuqoridagi omillarni hisobga olib kitobdan iqtibos keltiramanda, do'stlarim, qadrdonlarim va shogirtlarimga ushbu kitobni o'qishni tavsiya qilaman. Xulosani o'zingiz berasiz shunda.

    "Davlat uchun …

    Baholash: 0

Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish



Janr bo'yicha boshqa kitoblar