Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Muslima ayol Yevropada

    Hurmatli kitobxon!    Sizga “Nasroniy atirguli", "Imomning Maneken qizi", "Mariya" kabi asarlari bilan tanish boʼlgan turkiyalik adiba Omina Shenlikoʼgʼlining yana bir mashhur asari — "Muslima ayol Yevropada" romanini oʼzbek tilida armugʼon etmoqdamiz.    Qoʼlingizdagi asarni — "Muslima ayol Yevropada" romanini mutolaa qilar ekansiz, Islom olamidagi ayollarning butun dunyo ahliga nechogʼli oʼrnak boʼla olganligiga oʼzingiz guvoh boʼlasiz.    Mazkur asarning bosh qahramonlari nafaqat yozuvchining shaxsi hamda u tasvirlagan muslima ayollar, balki mutolaa jarayonida siz ham asar qahramonlaridan biriga aylanasiz.Yozuvchi bilan birgalikda Belьgiya, Gollandiya, Germaniyaga yoʼlga chiqasiz.    Mazkur yozuvchini necha yillardan buyon Gʼarb dunyosida musulmonlarga notoʼgʼri baho berilayotgani, ularning Sharq haqidagi noxolis fikrlari qiynab kelar edi. Shu sababli yozuvchi adolat qalamini qoʼlga olishga majbur boʼldi.    Islom olamidagi ayollar, haqiqatan ham, zulm koʼradilarmi? Ularga bunday tamgʼa bosishdan kimlar manfaatdor? Yozuvchi Belgiyada nega ushlanib qoldi? Bu yerda uni nima hayratga soldi? Kristel ismli ayol kim va u asar syujetida qanday oʼrin tutadi? Nega u oʼzini oʼldirmoqchi edi? Semaga nima uchun qayta turmush qurmasligi maslahati berildi? Bu ayol uchun zulm emasmi? Gurbuz nega yozuvchiga tanbeh beradi yoki u haqmidi? Nodiraning ota-onasi qiziga nima uchun turmushga chiqish masalasida yon bosishmadi? Ular haqmidi? Rafet xotini Nodirani yoqlab oʼz onasiga qarshi chiqib toʼgʼri qiladimi? Nodira oʼz qaynonasi va qaynsinglisiga qilgan munosabatida haqmidi? Nodira Belgiyada uy masalasida boʼlgan sudda yutib chiqadimi yoki uysiz koʼchada qoladimi? Ushbu savollarga asarni oʼqish davomida javob topasiz

16 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
3 o'qigan
 
0 Taqriz

Kitob nomi: Muslima ayol Yevropada
Kitobning asl nomi: Müslüman Kadın Avrupa'da
Nashr qilingan til: O'zbekcha
Kitobning asl tili: Turkcha
Formati: Qattiq/256
ISBN: 978-9943-7200-5-3
Nashr yili: 2021
Nashriyotchi: Zukko kitobxon
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 16 dan 70 gacha

Taqrizlar

Hozirda ushbu kitobda taqrizlar mavjud emas.
Taqriz yozish

Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish

Janr bo'yicha boshqa kitoblar