Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Mungli ko‘zlar

Xudoyberdi To'xtaboyev qalamiga mansub "Mungli ko'zlar" asari roman janrida yaratilgan. Asar ilk bora 1988- yilda e'lon qilindi hamda shu yilning o'zidayoq " Yosh gvardiya" nashriyotida chop etildi. Roman ikkinchi marotaba 1991- yilda "Kamalak" nashriyotida qayta chop etildi. Bu romanda mol-mulkka butunlay ixlosini qo'ygan ota-ona hamda ularning farzandlarining fojiali qismat egalariga aylanishi tasvirlangan. Xudoyberdi To'xtaboyev bu asari orqali bola ruhini parvarishlab, go'zal ishlov berish ham, uni tanazzulga olib borish ham ijtimoiy muhitdan ekanligiga ishora qiladi. Adib bola ma'naviyatini shakllantirishda adabiyotning qay darajada o'rni bor degan savolga shunday javob bergan edi:" Bolani nimaga o'rgatishimizdan qat'i nazar, xoh iqtisodda xoh kasb-hunarga bo'lsin, ma'naviyatni yoddan chiqarmasligimiz kerak. Eng avvalo, ma'naviyat masalasiga qayg'urish kerak. Ma'naviyatni shakllantirmay turib , iqtisodni shakllantirsangiz yo chayqovchi, yo olg'ir, yo birovning hisobiga boyuvchilar paydo bo'ladi".

0 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
0 o'qigan
 
0 Taqriz
Ota-anaga farzandining baxtidan bo‘lak ne’mat kerak emas. Xuddi shuningdek, farzand ham eng ‎baxtiyor damlarida ota-ona yonida bo‘lgisi, baxtini ular bilan birga baxam ko‘rgisi keladi. Ota-‎ona diydori, ota-ona mehrini ular har narsadan aziz biladilar. ‎Qimmatli kitobxon! Sevimli adibimiz Xudoyberdi To‘xtaboyevning siz, aziz kitobsevar ‎do‘stlarimiz uchun taqdim etilayotgan mazkur kitobida ana shu mavzu qalamga olingan. ‎Asarning yozilganiga oradan ancha fursat o‘tgan bo‘lishiga qaramay, u badiiy qimmatini hamon ‎yoqotmagan, aksincha, har bir kitobxon ushbu asarni har gal qo‘liga o‘zgacha mehr va iztirob ila ‎oladi. ‎     Mol dunyoni har narsadan ustun bilgan va oxir oqibatda guldak farzandlarining achchiq ‎qismatiga sabab bo‘lgan ota-ona haqida hikoya qiluvchi mazkur asar umid qilamizki, yana bir ‎karra o‘zining yangi o‘quvchilarini kashf etadi. ‎
Kitob nomi: Mungli ko‘zlar
Kitobning asl nomi: Mungli ko‘zlar
Nashr qilingan til: O'zbek
Kitobning asl tili: O'zbek
Formati: A5
ISBN: 978-9943-20-342-6
Nashr yili: 2017
Nashriyotchi: Yangi asr avlodi
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 7 dan 70 gacha

Taqrizlar

Hozirda ushbu kitobda taqrizlar mavjud emas.
Taqriz yozish



Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish



Janr bo'yicha boshqa kitoblar