Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Mo'minning meroji

Musulmonlarimizga namoz o‘qish tartib-qoidalarini o‘rgatishda ayniqsa kichik hajmli, suratli qo‘llanmalar juda qo‘l keldi. Keyinchalik namoz haqidagi mukammalroq kitoblar chop etishga ham kirishildi. Kamina xodimingizning «Hadis va Hayot» turkumida nashr qilingan kitoblarining beshinchi, oltinchi, yettinchi juzlari «Namoz kitobi» deb atalib, to‘laligicha shu ulkan ibodatga bag‘ishlangan edi.

9 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
3 o'qigan
 
1 Taqriz
Ammo shularga qaramay, namoz o‘qishni o‘rganish, uning arkonlari, shartlari va ado etish tartib-qoidalari bilan tanishishga oid kitoblarga bo‘lgan ehtiyoj susaymadi. Bu orada mazhabni tan olmaydigan toifalar chiqib, turli g‘avg‘olarni qo‘zg‘ashganida, hatto mazhabdoshlarimizning ming yillardan buyon o‘qib kelayotgan namozlariga o‘zgartirishlar kiritishni mo‘ljallashganida ularning kirdikorlariga raddiya sifatida chop etilgan kitoblarning ham foydasi katta bo‘lmoqda. Shunda ayrim azizlarimiz «Namoz haqida savollar ham, har xil bir-biriga qarama-qarshi ma’lumotlar ham ko‘payib ketdi, hammasini tartibga solishda qo‘l keladigan, mazhabimiz talablariga javob beradigan bir kitob ta’lif qilinsa», degan takliflar ham kiritishdi. Aziz muxlislarimizning bu takliflarida jon bor edi. Sababi, keyingi paytlarda ayrim toifalar Ahli sunna val jamoaga qarshi har tomonlama faoliyatni kuchaytirib yuborishdi. Ular orasidan ibodatlarimizni ham taftish qiladigan «bilimdonlar» chiqib qoldi. Ular musulmonlarimizni chalg‘itish, ular orasiga fitna va tafriqa urug‘larini sepish uchun Internetda turli saytlar ochishdi, ijtimoiy tarmoqlar orqali ham ish olib borishga kirishishdi. Ularning asosiy e’tibor qaratgan mavzularidan biri namoz masalasi bo‘ldi. Hatto ish shunga borib yetdiki, Internet tarmog‘ida ularning hanafiy mazhabidagi «xatolar»ga ixtisoslashgan maxsus sayti ham ishlay boshladi. Shuning uchun ham yurtdoshlarimizning bu holatdan tashvishga tushishlari tabiiy edi. Hatto muxlislarimizdan birining yozishicha, semiz va sersoqol bir odam videoda hanafiy mazhabinikidan boshqacharoq tahorat qilib ko‘rsatib, «Bundan boshqacha barcha tahoratlar noto‘g‘ri» deb aytgan emish. Mazhabsizlarning saytlaridan birida namozdagi takbiri tahrimada (boshlash takbirida) bosh barmoqlarini quloqlarning yumshoq joyiga tekkizish holati hanafiy mazhabining kitoblarida ham yo‘qligini da’vo qilgan so‘zlari e’lon qilindi. Ayniqsa keyingi paytlarda namoz borasidagi bahsli, chalkash va tortishuvli fikrlar ko‘payib ketdi. Turli yurtlarga ketgan mehnat muhojirlari o‘rtasida ham mazhabimizdagi namoz kitoblari topilmayotgani, boshqa mazhablarning kitoblarini o‘qib, turli tushunmovchiliklar, bahs-tortishuvlar ko‘payayotgani haqida gap-so‘zlar quloqqa chalina boshladi. Ana shuni e’tiborga olib, xorijiy yurtlarda yurgan vatandoshlarimiz uchun ona tilimizda hanafiy mazhabining namoz o‘qish tartiblari haqida kichikroq suratli kitobcha tayyorlandi va Moskvadagi hamkor nashriyotimiz tomonidan o‘zbek tilida chop qilindi. Bunday kitobga ehtiyoj katta bo‘lgani uchun kitobning birinchi nashri tezda tarqalib ketdi va hozirda ikkinchi nashrga ham harakat qilinmoqda. O‘z vatanimizdagi musulmonlarimiz orasida ham to‘liq va yengil uslubdagi namoz kitobiga ehtiyoj ortib borayotgani to‘g‘risida bizga ko‘pchilik murojaat qila boshladi. Katta-kichik bilan maslahatlashib, mazhabimizga amal qiluvchilarga yengillik tug‘dirish va turli ixtiloflarga barham berish maqsadida hozirgi davrning talablariga javob beradigan, avvalda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklari tuzatilgan, namozni to‘kis ado etishga yordam beradigan mufassal bir kitobni nashrga tayyorlash maqsadga muvofiq deb topildi. Uni tayyorlashda kamina xodimingizning oldin bu mavzuda yozgan asarlarini jamlab, tartibga solish, kerakli qo‘shimchalar kiritishga kelishildi. Bu ishlarni amalga oshirishni hurmatli Ahmadjon hoji akadan iltimos qilindi. Ushbu kitobni tasnif qilishda shayx Ahmad Izzuddin ibn Iyso Bayanuniyning hanafiy mazhabida tahorat va namoz hukmlariga oid kitobidan ham bir qadar istifoda qilindi. «Mo‘minning me’roji» deb nomlangan ushbu kitobni siz, azizlarning e’tiboringizga taqdim etar ekanmiz, Alloh taolodan uni husni qabul qilishini va barakasini tilab qolamiz hamda uning barchamiz uchun manfaatli bo‘lishidan umidvormiz.
Kitob nomi: Mo'minning meroji
Kitobning asl nomi: Mo'minning meroji
Nashr qilingan til: O'zbekcha
Kitobning asl tili: O'zbekcha
Formati: Yumshoq / 248
ISBN: 978-9943-6461-7-9
Nashr yili: 2021
Nashriyotchi: Hilol nashr
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 16 dan 70 gacha

Taqrizlar

  • 3-yanvar 2022 y. 13:15

    200

         Bismillahir Rohmanir Rohiym.

         Bu kitob mening astlabki o'qigan diniy adabiyotlarimdan biri bo'lgani uchunmi, undan o'zim uchun juda ko'plab yangiliklarni kashf etganman. Xususan, iymon va namoz haqida juda keng ma'lumotlar berilgan. Va ba'zi ma'lumotlarni, mubolag'a emas, boshqa kitoblarda qayta uchratmadim. Kitob oddiy o;quvchilar uchun juda tushunarli va sodda tarzda yozilganidan bo'lsa kerak, diniy adabiyotlarga endi kirib kelayotgan kitobxonlarga umuman qiyinchilik tug'dirmaydi - kitob Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh asarlarini o'qish tartibining boshida joylashgan. 

         Xullas, kitobni dinini o'rganishni boshlayotgan har bir muslim va muslimalarga o'qishni tavsiya qilib qolaman.

     

    Baholash: 0

Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish



Janr bo'yicha boshqa kitoblar