Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Mening Dog'istonim

O‘z xalqining mashhur shoiri Rasul Hamzatov(1923–2003)ning «Mening Dog‘istonim» asari Vatan tuyg‘usi, millat ravnaqi, til ma-daniyati, urf-odatlar davomiyligi, hikmat-rivoyatlar boqiyligi va sof muhabbat haqidagi eng ibratli kitoblardan biridir. 1967 yilda bosmadan chiqqan bu kitob tezda jahon xalqlari tillariga o‘girildi va kitobxonlarning bebaho boyligiga aylandi. O‘z ijod mahsuli muvaffaqiyatidan ruhlangan shoir «Mening Dog‘istonim» asarining ikkinchi kitobini 1971 yilda adabiyot muxlislariga taqdim etgandi. Iste’dodli shoir Asror Mo‘min ushbu asarning birinchi kitobini 2008 yilda, ikkinchi kitobini yaqinda ona tilimizga to‘liq tarjima qildi. Shoirning komil inson orzusini o‘zida mujassam etgan mazkur asari kitobxonlarni, ayniqsa, yosh avlodni ham milliy, ham umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega ekanligini hisobga olib, ikkala kitob yaxlit holda chop qilinmoqda. Ilk bor ona tilimizda, to‘liq holda chiqayotgan bu kitob Rasul Hamzatov muxlislari uchun unutilmas tuhfadir.

2 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
1 o'qigan
 
0 Taqriz

Kitob nomi: Mening Dog'istonim
Kitobning asl nomi: Мой Дагестан
Nashr qilingan til: O'zbekcha
Kitobning asl tili: Ruscha
Formati: Yumshoq/368
ISBN: 978-9943-07-688-4
Nashr yili: 2018
Nashriyotchi: O'zbekiston
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 16 dan 70 gacha

Taqrizlar

Hozirda ushbu kitobda taqrizlar mavjud emas.
Taqriz yozish

Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish

Janr bo'yicha boshqa kitoblar