Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Mehrobdan chayon

Qodiriyning ikkinchi yirik asari hissoblangan, „Mehrobdan chayon“ asari 1928-yil fevral oyida  yozib tugatilgan va  1929-yil Samarqandda bosilib chiqilgan. Roman mavzui ham XIX-asr adabiyot hodisalari – „xon zamonlari“ davridagi oʻzboshimchaliklarni koʻrsatishga qaratilgan boʻlsada, unda roman yozilgan davr ruhi kuchli. Asarni „Mehrobdan chayon“ deb atalishiga sabab shuki: ziyoli ulamolarni qahramon qilib tanlashdan murod muqaddas dargoh – sajdagohdan chiqqan, oʻsha dargohga nomunosib munofiq, qallob, tuban kimsalarga, hasadgoʻy, eʼtiqodsiz kishilarga ishoradir. Shuningdek romanda Anvar bilan Raʼnoning sevgi sarguzashti, qalb nazokati shoirona tarannum etilgan. Maktabdor Solih mahdumning yumoristik obrazi adabiyotshunoslikda yozuvchining jiddiy yutugʻi, kashfiyoti sifatida eʼtirof qilingan.

0 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
0 o'qigan
 
0 Taqriz
Qodiriy bu romanida ya'ni "Mehrobdan chayon"da  ham o'ziga xos takrorlanmas go’zal timsollar Anvar, Ra’no, Solih Mahdum, Nigoroyim, Sultonali, Safar bo’zchi, Abdurahmon obrazlarini yaratdi. Romanda muhabbat masalasiga turli tabaqa vakillarining munosabatini ko’rsatish orqali yozuvchi XІX asr o’rtalaridagi tarixiy sharoitning haqqoniy manzaralarini chizishga, bir tomonda jabr-zulm avj olganligini, ikkinchi tarafdan esa adolat uchun kurash so’nmaganligini yorqin gavdalantirishga muvaffaq bo’lgan.
Kitob nomi: Mehrobdan chayon
Kitobning asl nomi: Mehrobdan chayon
Nashr qilingan til: O'zbek
Kitobning asl tili: O'zbek
Formati: A5
ISBN: 978-9943-5524-8-7
Nashr yili: 2019
Nashriyotchi: Ilm-Ziyo-Zakovat
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 7 dan 70 gacha

Taqrizlar

Hozirda ushbu kitobda taqrizlar mavjud emas.
Taqriz yozish



Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish



Janr bo'yicha boshqa kitoblar