Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Makorim ul-axloq

Gʼiyosiddin Xondamirning «Makorim ul-axloq» («Olijanob xulqlar») asari buyuk oʼzbek shoiri va mutafakkiri, davlat va jamoat arbobi Аlisher Navoiyning hayoti hamda adabiy, ilmiy va ijtimoiy-siyosiy faoliyati toʼgʼrisidagi qimmatli manba hisoblanadi. «Makorim ul-axloq» asarining ilmiy-izohli toʼliq tarjimasi mustaqillik davrida asarning turli nusxalarini oʼzaro solishtirish asosida OʼzR FА Sharqshunoslik instituti tomonidan ilk bora amalga oshirildi.

0 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
0 o'qigan
 
0 Taqriz
Qisqacha qilib aytganda, «Makorim ul-axloq» buyuk shoir va olim Navoiyning yirik davlat va jamoat arbobi hamda ilm-fan va madaniyat homiysi sifatidagi shaxsiyatini bor boʼyi bilan koʼrsatib beradigan muhim manbadir. Xondamir oʼzining debocha, muqaddima, oʼn maqsad (bob), xotima hamda Navoiyning qanday vafot etganligi toʼgʼrisidagi bobdan iborat boʼlgan ushbu asarida asosiy diqqat-eʼtiborni uning donishmandligi va yuksak zakovati, olimlik, shoirlik va yozuvchilik borasidagi isteʼdodlari hamda rahmdillik, saxiylik va xokisorlik kabi goʼzal xulqlari va olijanob xislatlariga qaratish bilan birgalikda, ushbu buyuk shaxs hayotida uning bolalik chogʼlaridan tortib umrining oxirigacha boʼlgan davrda yuz bergan muhim voqealarni ham imkoni boricha qamrab olishga harakat qilgan.
Kitob nomi: Makorim ul-axloq
Kitobning asl nomi: Makorim ul-axloq
Nashr qilingan til: O'zbek
Kitobning asl tili: Fors-Tojik
Formati: A5
ISBN: 978-9943-5219-6-4
Nashr yili: 2018
Nashriyotchi: Yoshlar
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 10 dan 70 gacha

Taqrizlar

Hozirda ushbu kitobda taqrizlar mavjud emas.
Taqriz yozish



Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish



Janr bo'yicha boshqa kitoblar