Labirintda yugurovchilar
Faqat o‘z isminigina eslaydigan, boshqa xech nimani eslay olmaydigan o‘smir bola bir kuni temir "Quti" ichida uygonadi... Bu o‘smirning ismi-Tomas. Noma’lum olam ostonasiga "tashrif buyurgan" o‘spirin. Uyg‘ongandan keyin noma’lum sun’iy olamga tushib qoladi. Bu yerda o‘zidan boshqa bolalar ham borligini ko‘radi. Ular ham Tomas kabi temir "Quti" ichida bu yerga kelib qolishgan, ayrimlarining kelganiga esa ikki yildan oshgan va bu yerda ibtidoiy hayot kechirishardi. Bu yerda quyosh ham, tun ham, kun ham sun’iy edi. Joyning nomi esa "Labirint" edi... "Labirint"nima? Uni kimlar nima maqsadda barpo etgan? "Bunyodkor"lar kim? "Yuguruvchilar" kim? Bu yerning "Rahbar"lari: Nyut, Albi, Galli, Minxo bolalarni o‘zlariga qanday bo‘ysundirishgan? Tomas nima uchun "Yuguruvchi" bo‘lishni xohladi? Yarmi maxluq, yarmi robot bo‘lgan Griverlar qanday maxlukot? Ularni kimlar nima maksadda yaratgan? Griver "Zardobi" nima? Nima uchun Ben va Galli Tomasni o‘ldirmokchi edi? Ular haqmidi? Tomasning "Labirint"da ko‘rsatgan jasorati boshqalar tomonidan qanday kabul qilindi: telbalik, mardlik yo xoinlik debmi? Chak kim? Nega Tomas, avvalo, Chakni qutqarishni xohlaydi? Tomasdan keyin va oxirgi bo‘lib kelgan Tereza kim? Uning Tomasga qanday aloqasi bor? Tomas va Terezani o‘zaro nima bog‘lab turardi? Tig‘li qo‘ng‘iz va Terezaning qo‘liga yozilgan "OFAT" so‘zi nimani bildiradi? Albi nima uchun tashqi olamga chiqishni xohlamasdi yoki unga nimadir ma’lummidi? Tomas Griverlarni yengish va ozodlikka chiqish uchun qanday taklif beradi? Tereza bu taklifga qanday munosabat bildiradi? "Labirint"ni yengib tashqi olamga chiqa olishadimi? Asarni o‘qish davomida ushbu savollarga javob topasiz!
Kitob nomi: | Labirintda yugurovchilar |
---|---|
Kitobning asl nomi: | The Maze Runner |
Nashr qilingan til: | O'zbekcha |
Kitobning asl tili: | Ingilizcha |
Formati: | Qattiq/448 |
ISBN: | 978-9943-7346-5-4 |
Nashr yili: | 2021 |
Nashriyotchi: | Zukko kitobxon |
Seriya: | 0 |
Yosh chegarasi: | 16 dan 70 gacha |