Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Kitob o'g'risi

Hurmatli kitobxonlar! Sizga Avstraliyaning mashhur yozuvchisi Markus Zusak (1975 yilda tug‘ilgan) qalamiga mansub "Kitob o‘g‘risi" romanini o‘zbek tilida armug‘on etmoqdamiz. Ushbu asar 2005 yilda yozilgan bo‘lsa ham, 2019 yilgacha 40 dan ortiq tilga tarjima qilingan va 16 000 000 dan ko‘p nusxada sotilgan. Faqat ingliz tilida chop etilgan tiraji 1 500 000 dan oshgan. "The New York Times Best Seller list" jurnalida 230 hafta davomida yuqori pog‘onalarni zabt etib turgan. «Amazon» internet do‘konida eng ko‘p sotilgan «TOP-30» kitoblar ro‘yxatida hozirgacha mavjud va asarni o‘qib chiqqanlarning 94% i internet va ijtimoiy tarmoqlarda ijobiy fikrlar qoldirishgan. Asar hayotiy voqealar asosida yozilgan va undagi voqealar II jahon urushi davrida Germaniyaning Myunxen shahridagi joylashgan Molking nomli kichik shaharchada bo‘lib o‘tadi. Asarning o‘qir davomida fashistlarning zulmidan nafaqat boshqa millat vakillari, balki nemis millatining o‘zi ham benihoya azob chekkkaniga guvoh bo‘lasiz. Asarga berilgan "Kitob o‘g‘risi" nomi majoziy nommi yoki haqiqatmi? Asarni hikoya qiluvchi adibmi, fashistlar zulmining jabrdiydasimi yoki Ajalmi? Gitler nega yahudiylarni millat sifatida yo‘q qilishga qaror qilgan? "Billur kecha" yoki "Vitrinalar sindirilgan kecha" nimani anglatadi? "Nyurnberg qonunlari "da nimalar ta’kidlangan? Lizel kim? U omadli qahramonmi yoki davr qurbonimi? Nega uni onasi boshqa oilaga berib yuboradi: nochorlikdanmi yoki shafqatsizlikdanmi? Xubermanlarning Lizelni o‘z oilasiga qabul qilishdan ko‘zlagan maqsadlari nima edi? Roza Xuberman asar boshida ko‘ringani kabi insonmi yoki aslida boshqachamidi? Hans Xuberman qanday shaxs va nega Lizel uni «dada» deyishga darrov rozi bo‘ladi? Lizel o‘zining haqiqiy onasini nimada ayblaydi? U haqmidi? Lizelning o‘rtog‘i Rudi kim va Lizelning hayotida qanday rol o‘ynaydi? Lizel nima uchun kitob o‘g‘irlaydi? Uning o‘zi bu o‘g‘irlikni qanday izohlaydi? Hans Xuberman nega yahudiy yigit - Maksni o‘z yerto‘lasiga yashiradi: insoniylik tufaylimi yoki bunga boshqa sabab bormidi? Roza Xuberman va Lizel bu yahudiy yigitga qanday munosabatda bo‘lishadi? Maks fashistlar ta’qibidan qutuladimi yoki u bilan birgalikda Xubermanlar oilasi ham gestaponing qo‘liga tushadimi? Ushbu savollarga asarni o‘qish davomida javob topasiz.

8 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
2 o'qigan
 
0 Taqriz

Kitob nomi: Kitob o'g'risi
Kitobning asl nomi: The Book Thief
Nashr qilingan til: O'zbekcha
Kitobning asl tili: Ingilizcha
Formati: Qattiq/560
ISBN: 978-9943-7346-0-9
Nashr yili: 2021
Nashriyotchi: Zukko kitobxon
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 16 dan 70 gacha

Taqrizlar

Hozirda ushbu kitobda taqrizlar mavjud emas.
Taqriz yozish

Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish

Janr bo'yicha boshqa kitoblar