Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Javdarzordagi xaloskor

Jerom Selinjerning “Javdarzordagi xaloskor” romani 1945–1946 yillarda seriyali shaklda qisman nashr qilingan, 1951 yili alohida kitob bo‘lib chiqqan. Asar ko‘plab tillarga o‘girilgan. Shu kungacha 65 million nusxada sotilgan. 2005 yili “Time” jurnali asarni 1923 yildan boshlab ingliz tilida yozilgan 100 ta eng yaxshi romanlar ro‘yxatiga kiritgan.

14 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
4 o'qigan
 
1 Taqriz
“Modern Library” nashriyoti esa romanni XX asrning 100 ta eng sara asarlari qatoridan joy olishga loyiq topgan. 2003 yil BBCning “The Big Read” (“Eng ko‘p o‘qilgan”) so‘rovnomasida u 15-o‘rinni egallagan. Asarda beparda so‘zlar ko‘p uchragani bois bir qancha mamlakatlarda, jumladan, AQSH maktablarida ham keyinchalik tanqidga uchragan va uzoq yillar nashr etilishi taqiqlangan. “Javdarzordagi xaloskor” ko‘p bora syenzuraga uchragan bo‘lishiga qaramay, AQSH maktablarida eng ko‘p o‘qitilgan asarlar ro‘yxatida 2-o‘rinda turadi (1-o‘rinni Jon Steynbekning “Sichqonlar va odamlar haqida” novellasi egallagan). Asarning bosh qahramoni Holden Kolfild o‘smirlarning sarkashligi, isyoni timsoliga aylanishga ulgurgan. Roman, shuningdek, ma’sumlik, asillik, o‘zlik, yo‘qotish, daxldorlik, intim va tushkunlik kabi murakkab masalalarga ham tegib o‘tadi. Jerom Selinjer 1919 yil 1 yanvarda Nyu-Yorkda tug‘ilgan va 2010 yil 27 yanvarda Nyu-Hempshir shtati Kornish shahrida vafot etgan. Ikkinchi jahon urushiga safarbar qilingunga qadar “Story” va “The New Yorker” jurnallarida bir necha hikoyalari chop etilgan. Ammo 1951 yil bosilib chiqqan “Javdarzordagi xaloskor” romani uni mashhur qildi. Nashrdan chiqqach 2 oy muddatda ommalashib ketgan romanda 16 yoshli o‘smir yigitning o‘y-xayollari, atrofidagilarning munofiqligi va soxtaliklaridan bezorligi, hayotga bo‘lgan ochiq munosabati yoritilgan. Muallifning o‘zi 1953 yilgi intervyusida romanni qisman avtobiografik deb atagan.
Kitob nomi: Javdarzordagi xaloskor
Kitobning asl nomi: The catcher in the rye
Nashr qilingan til: O'zbekcha
Kitobning asl tili: Ingliz
Formati: Qattiq / 252
ISBN: 978-9943-23-176-4
Nashr yili: 2020
Nashriyotchi: Nihol nashr
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 16 dan 70 gacha

Taqrizlar

  • 31-oktabr 2021 y. 15:39

    462

    Bugun amerikalik yozuvchi Jerom Selinjerning jahon klassikasiga aylangan ushbu asarini nihoyat o'qib tugatdim.

    Xolden Kolfild ismli o'smit yigitning hayotidan bir parchani hikoya qiluvchi asardan o'zimga ko'plab yangiliklar oldim deb o'ylayman. Qisqa qilib aytganda, o'ziga xos asar!

    Biroq ochig'ini aytishim lozimki, ushbu kitob undan kutilgan mening barcha umidlarimni to'liq oqladi deb aytolmayman. Kitob qahramoniga achindim, lekin hammasiga o'zi sababchi ekanligi tufayli uni oqlashni istamasdim.

    Xolden Kolfild - tipik "heyter". U o'z muhiti ichidagi "oq qarg'a". Aslida singlisi Fibi aytganidek "hech narsani yaxshi ko'rmaydi", hamma narsadan noliydi. Atayin qilmasa-da, ishlari doimo pachava. Chunki barcha kabi, o'tish davridagi o'spirin yigit.

    U javdarzordagi jarlikda …

    Baholash: 0

Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish



Janr bo'yicha boshqa kitoblar